TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kanal listaman kutiy
BioLogic IQ avatar

TGINSIGHT CHAT

BioLogic IQ

@biologiciq

Education

Kanal orqali muallifning biologiyaga doir qiziqarli ma'lumotlari va kreativ fikrlaridan bahramand bo'lasiz. Muallif: Fargʻona davlat universiteti tayanch doktoranti @murodjonrakhmonov

Qatiqkuna3,240Kunan qatiqkuna
Qatisqa willakuykunap682Yupasqa willakuykunap
Kay p'unchaw chayasqa7,149Kay p'unchaw qhawasqakunap
Qhipan willakuykunap

Qhipan willakuykunap

Qillqa 1 / 57 · 682 willakuy

Riqchachisqa 17 qipa punchaw

#buni_bilarmidingiz #uchinchi_qism_davomi To‘g‘ri, aytishingiz mumkin, 1-kursda ham mavzusini e'lon qildirib oxirigacha shu mavzuda ishlaganlarni bilaman deyishingiz mumkin. Bu holatga ham men biror nima demayman, chunki tadqiqot mavzusi anniq, ishning maqsad va vazifalari, obyekti, predmeti, kutilayotgan natijalari ishonchli bo‘lgan, ilm-fanga salmoqli hissa qo‘shishda ahamiyatga haqiqatdan ham munosib mavzularni 1-kursdayoq e'lon qildirsa bo‘ladi. Bu borada jonli misol tariqasida o‘zimni keltiradigan bo‘lsam, tadqiqot mavzuim aniq, ishning maqsadi va vazifalari, obyekti, predmeti aniq hamda shu orqali yaqin kelajakda ko‘zlanayotgan yangiliklarga erishsa bo‘ladigan, xullas tadqiqot o‘tkazsa o‘tkazgudek chiroyli mavzuim bo‘lgani uchun byulletenning adashmasam 2-soniga yuborib bo‘ldim. Chunki, aytganimdek bu yerda o‘ylanib o‘tiradigan narsaning o‘zini ko‘rmaganim bois, ilmiy rahbarimning ham tavsiyasiga asoslanib tasdiqqa berib yubordim. Shu o‘rinda yana bir muhim jihati bor. Diqqat bilan eslab qoling. Dissertatsiya mavzuingizni siz qaysi ixtisoslik bo‘yicha ilmiy darajaga da'vogarlik qilayotgan bo‘lsangiz, byulleten jurnaliga tayyorlaydigan hujjatlaringizga ham aynan shu ixtisoslikni berishingiz kerak. Keling buni misol o‘laroq tushuntiraman, men hozirda 03.00.15 - Ixtiologiya ixtisosligi tayanch doktorantiman. Ho‘sh, men biologiya fanlari falsafa doktori ilmiy darajasini himoya qilishim uchun tarkibida ixtiologiya, zoologiya, gidrobiologiya ixtisosliklaridan biridan ilmiy darajalar berish vakolatiga ega bo‘lgan Ilmiy kengashda himoya qilishim kerak. U holda, mavzuimni shu uch ixtisoslikdan birida OAK byulleteni jurnaliga bera olaman. Men esa falsafa doktori ilmiy darajasini 03.00.06 - Zoologiya ixtisosligidan darajalar beruvchi Ilmiy kengashda himoyaga olib chiqish maqsadida byulletenga "Qaysi ixtisoslikdan berilmoqda" bandiga aynan zoologiya ixtisosligini yozganman. Endi, mavzuim e'lon bo‘lganda zoologiya ixtisosligidan e'lon bo‘ladi. Shu bilan men mamlakatimizning istalgan yeridagi aynan zoologiya ixtisosligidan ilmiy darajalarda tasdiqlash vakolatiga ega bo‘lgan Ilmiy kengashga ishimni topshira olaman. Aytishingiz mumkin, "Nega o‘z ixtisosligingiz bo‘lgan ixtiologiyadan ilmiy daraja olmaysiz?". Chunki, mening ixtisosligimda ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash borligini eshitmaganman. Yoki bo‘lsa ham Toshkentda bor yoki Samarqandda boring ana Qoraqalpog‘istonda bor (bu borada hozircha biror ma'lumotim yo‘q). Demak, siz himoya qiladigan Ilmiy kengash yashash hududingizga qulay bo‘lishi maqsadga muvofiq. 4. Dissertatsiya mavzuingizni OAK byulleteniga yuborish uchun quyidagi hujjatlarni tayyorlaysiz: 1. Mavzuning universitet yoki institut kengashidan tasdiqdan o‘tganligi haqida majlis bayonnomasidan ko‘chirma. 2. Mavzu, tadqiqotchi, berayotgan ixtisosligi (lari), ilmiy rahbari (lari) haqida lotincha-krillcha jadval ma'lumotlarining elektron shakli. 3. OAK raisi nomiga Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor nomidan rasmiy xat tayyorlanadi. 4. Pasport nusxasi (.jpg formatda) 5. OAK hisob raqamiga e'lon qildirish bo‘yicha belgilangan badal puli o‘tkaziladi (2026-yil may holatiga ko‘ra 104 ming so‘mni tashkil etgan edi). To‘lov qilinganlik haqida kvitansiyaning .jpg shakli beriladi. Yuqoridagi hujjatlarni (OTM kengashidan mavzu tasdig‘i bo‘yicha majlis bayonnomasidan ko‘chirma, rasmiy xat va barcha hujjatlarni yuborish) bevosita universitet ilmiy bo‘limidagi tegishli mas'ul xodimlar bilan birga ularning ko‘magida tayyorlaysiz va ular orqali yuborasiz. Sizlarga yetkazmoqchi bo‘lgan ma'lumotlarim shulardan iborat edi. #buni_bilarmidingiz rukni ostida sizlarga yuborayotgan ma'lumotlarimning qolgan qismini yana boshqa kuni taqdim etishga harakat qilaman. Ushbu tashabbusim sizlarga foydali bo‘lmoqda deb o‘ylayman.

226 views

Riqchachisqa 17 qipa punchaw

#buni_bilarmidingiz#uchinchi_qism 4. Ilmiy mavzuni "OAK byulleteni" jurnalida e'lon qildiradi. Falsafa doktori va fan doktori ilmiy darajalariga da'vogar qiluvchi shaxs tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilik davrida tanlab olgan va ish olib borayotgan dissertatsiya mavzusini OAK byulleteni jurnalida e'lon qildirishi shart. Nima uchun tadqiqotchi mavzuni byulletenda e'lon qilishga majbur? Chunki, siz tanlagan tadqiqot mavzusini boshqa bir tadqiqotchi ham tanlab qo‘ymasligi, ishlayotgan mavzuingizni respublikaning turli nuqtalaridagi olimlarga, tadqiqotchilarga hamda tegishli aloqador shaxslarga bildirish uchun bu juda muhim. Bu bilan siz "men mana shu mavzu bo‘yicha ishlamoqdaman" kabi tushunchada rasmiy bir joyda e'lon qilib qo‘ygan bo‘lasiz. Bundan oldin tadqiqotchi bilishi kerak bo‘lgan bir qator narsalar bor. Oldimizga bir nechta savollar qo‘yib olaylik va shu savollar chegarasida ma'lumotlarni beraman. 1. OAK byulleteni jurnali yilda necha marta to‘plam chiqaradi? 2. Tadqiqotchi qachon mavzusini OAK byulleteniga taqdim etishi mumkin? 3. Tadqiqotchi OAK byulleteniga mavzusini e'lon qildirishidan oldin qanday ma'lumotlarni bilishi kerak? 4. OAK byulleteni jurnaliga mavzuni e'lon qilish uchun taqdim etishda qanday bosqichlardan o‘tiladi, qanday hujjatlar darkor? Javoblar: 1. OAK byulleteni jurnali yilda 4 marta to‘plam e'lon qiladi. Har 3 oyda 1 marta bitta soni nashrdan chiqadi. Ushbu e'lonni chiqishini oak.uz rasmiy platformasi orqali kuzatib borish mumkin. 2. Tayanch doktorantura, doktorantura bosqichida tahsil olayotganlar 3 yil mobaynida istalgan paytda e'lon qildirishi mumkin. Mustaqil izlanuvchilar esa mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinganidan boshlab istalgan davrda e'lon berishlari mumkin bo‘ladi. Mana bu paytda beriladi degan biror qat'iy chegara qo‘yilmagan. Faqat, tadqiqotchi ishni Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarga olib chiqqunga qadar mavzu jurnalda e'lon qilingan bo‘lishi shart. 3. Eng muhim joyiga keldik. Tadqiqotchi jurnalda mavzu e'lon qildirishdan oldin quyidagi ma'lumotlarni bilishi kerak. Tadqiqotchi ilmiy rahbari yoki maslahatchisi bilan birgalikda tanlab olgan mavzusi bo‘yicha ishni oxirigacha olib boradimi. Tanlangan mavzu o‘z sohasida dolzarb ahamiyatga egami, sohaning ma'lum bo‘shliqlarini to‘ldira oladimi, aynan ilm-fandagi muammoli savollarga kichik bo‘lsa ham yechim bera oladigan ilmiy yangiliklar qo‘lga kirita oladimi. Agar javoblar ha bo‘lsa u holda mavzuni e'longa bersa bo‘ladi. Tadqiqotchi yana bir jihatni inobatga olishi zarur. Mazkur tanlagan mavzusi bo‘yicha yaqin yillarda aynan 1 ga 1 ish olib borilmaganmi yoki hozirda mamlakatning biror boshqa nuqtasida aynan shu mavzu bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilmayaptimi. Bu borada albatta ilmiy rahbarlarning yordami juda asqotadi. Mavzuni sizga ilmiy rahbar beradi, lekin bu mavzuda ish olib borish yoki bormaslikni siz o‘ylab ko‘rasiz. Shunday ekan, ilmiy rahbarlar ertaga mazkur doktoranti yoki mustaqil tadqiqotchisi berayotgan mavzusidan chiroyli ish chiqarib yorug‘ yuz bilan himoya qilib olishini o‘ylagan holda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha bir to‘xtamga kelishlari kerak. Endi, deylik tadqiqotchi tayanch doktoranturaga kirgandan so‘ng, oxirini o‘ylamay-netmay shoshqaloqlik qilib 1-yildayoq mavzusini e'longa berib qo‘ydi. Oradan ma'lum bir vaqt o‘tgandan keyin tanlagan shu mavzusi bo‘yicha olib borgan tadqiqotidan pichoqqa ilinadigan yangilik qo‘lga kiritmadi. Bu holatda mavzuning predmetlarini o‘zgartirish kerak bo‘lib qoldi, vaholangki bu holatda hohlaymizmi yo‘qmi dissertatsiya mavzusiga ham o‘zgartirish kiritiladi. Endi esa avval 1-kursdayoq shoshqaloqlik qilib e'lon qilgan mavzusini yana qayta byulletenda e'lon qildirishga majbur, yana 3 oy vaqt kutadi, yana kichik bo‘lsa ham qaytadan to‘lov qiladi va hokazo.

200 views

Riqchachisqa 19 qipa punchaw

#Breaking_news Bugungi quvonchli yangiliklardan yana biri haqida yozmasam bo‘lmaydi. 24-English guruhining yana bir faol talabasi — Dilfuza ham Multilevel ingliz tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tib, B2 darajasini qo‘lga kiritdi. Bu natija ortida juda katta mehnat, sabr va tinimsiz harakat bor. Dilfuza o‘ziga xos xarakterga ega talabalarimizdan biri. U katta orzular, dadil maqsadlar va kuchli ichki motivatsiya bilan yashaydigan qizlardan. Kelajagi buyuk bo‘lishiga ishonadigan talabalarim safida alohida o‘rin tutadi. Eng muhimi esa — u haqiqiy lider bo‘la oladi. Jamoasining yuragi bo‘lish, odamlarni ortidan ergashtirish va kerak bo‘lsa ularga tayanch bo‘lish qobiliyati unda tabiiy shakllangan. Meni eng ta’sirlantiradigan jihatlaridan biri esa uning samimiyligi. Quvonchni ham, tashvishni ham yuragidan o‘tkazib qabul qiladi. Ko‘zidagi yosh orqali ichidagi hislarini yashirmaydigan, juda nozik ko‘ngilli talabam. Shu samimiyligi uni yanada boshqacha qiladi. To‘g‘risi, ulardan koʻra men koʻproq xursand boʻlyapman ). Talabalarimning har bir yutug‘i men uchun oddiy statistika emas. Bu mehnat, ishonch va katta umidlarning natijasi. Ularning ko‘zidagi ishtiyoqni ko‘rib, qilayotgan ishlarimning behuda emasligini his qilaman. Dilfuza, yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin. Oldingizdagi barcha maqsadlarga albatta erishing. Siz hali juda katta cho‘qqilarni zabt etasiz. Sizga doimo ishonaman va ustozingiz ekanligimdan faxrlanaman.

320 views

Riqchachisqa 20 qipa punchaw

#buni_bilarmidingiz#ikkinchi_qism 3. "Ayrim hollarda" tadqiqotchi fanlar farqi hisobidan qo'shimcha fanlardan imtihon topshiradi. Tadqiqotchi qo'shimcha fanlardan imtihon topshiradi, qachon? Qachonki, magistrlik mutaxassisligi tayanch doktoranturadagi ixtisoslik shifriga yoki qaysi ixtisoslik bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun chiqayotganiga qarab farq qilsa. Bu nima degani? Sizlarga hayotiy misol bilan tushuntiraman. Men taniydigan bir inson aynan tayanch doktoranturada o'qib, 03.00.06 - zoologiya ixtisosligidan biologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi. Shu inson malakaviy imtihonlarda zoologiya ixtisosligi va chet tilidan tashqari qo'shimchasiga molekulyar biologiya, umumiy biologiya va ixtiologiyadan ham malakaviy imtihon topshirib ulardan ham guvohnoma oldi. Ho'sh, nima uchun bunday bo'ldi? Bu inson bakalavrda biologiya o'qitish metodikasi yo'nalishini tamomlagan. Magistrlikda esa ixtiologiya va gidrobiologiya mutaxassisligi bo'yicha diplom yoqlagan. Tayanch doktoranturada 03.00.15 - ixtiologiya ixtisosligiga qabul qilingan. Biroq, biologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori diplomini zoologiya ixtisosligidan yoqlagan. Ya'ni, bu inson himoyaga zoologiya ixtisosligidan chiqayotgani va bu magistrlik mutaxassisligiga nomuvofiq bo'lgani uchun, yuqoridagi fanlardan imtihon topshirishga majbur bo'lgan. Demoqchi bo'lganim, agar bu insonning magistrlik mutaxassisligi zoologiya yoki biologiya (fan yo'nalishi bo'yicha) bo'lganida yuqoridagi fanlardan farq chiqmas edi. Aytishingiz mumkin, ixtiologiya va gidrobiologiya zoologiyani ichidaku, nega zoologiyani bir bo'limi bo'lsa ham yana farq chiqavergan? Buni tushuntirishda esa, zoologiya mutaxassisligi bu ham umurtqali ham umurtqasiz hayvonlarni to'laroq tushuntirishni qamrab oladi, ixtiologiya va gidrobiologiya esa asosan baliqlarni va suv hayvonlarinigina o'z ichiga oladi. Shuning uchun quruqlik hayvonlari, havo hayvonlari kabi organizmlarni magistrlikda chuqur o'zlashtirmagan sanalgani uchun shunday farqlar kelib chiqqan. Shu joyida yana bir eslatma, ho'p, magistrligi ixtiologiya va gidrobiologiya bo'lgan ekan, nima uchun unda tayanch doktoranturada ham yana ixtiologiyadan imtihon topshirishi kerak? Chunki, u tadqiqotchi tayanch doktoranturada zoologiya ixtisosligidan chiqmoqda. Shuning uchun magistrlikdagi mutaxassislik fanidan ham malakaviy imtihon topshirishi shart. Qachon topshirmasa bo'lar edi, qachonki magistrlik mutaxassisligi ixtiologiya bo'la turib, falsafa doktori ilmiy darajasini aynan ixtiologiya shifri (03.00.15) bilan himoya qilsagina bu fandan fanlar farqi topshirmas edi.

352 views

Riqchachisqa 21 qipa punchaw

#buni_bilarmidingiz#birinchi_qism Tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar bilishi kerak bo'lgan ma'lumotlar! Bo'lajak dissertant ishni Ilmiy kengashga olib chiqqunga qadar amalga oshirishi kerak bo'lgan bir qator vazifalari va bosib o'tishi kerak bo'lgan bosqichlar bor. Hozir, zimmamda bu haftaning eng mas'uliyatli topshiriqlari, shaxsiy ishlar bo'lishiga qaramay, sizlarga 20 daqiqa vaqt ajratishga qaror qildim. Umid qilamanki, quyidagi sizlarga beradigan ma'lumotlarim istiqbolda siz tadqiqotchilarning ilmiy ishingiz mobaynida dengizdan tomchidek yordami, foydasi tegsa kaminaning haqqiga duo qilib qo'ysangiz, bundan a'loroq evaz bo'lmaydi!! Tadqiqotchi (guruhimizda faqatgina asosiy ishlab chiqarish tashkilotlaridan ajralgan holda izlanish olib borayotganlar ya'ni davlatdan ma'lum miqdor stipendiya oluvchilar bo'lgani uchun hozirgi gaplashadiganlarimiz asosan tayanch doktorantlarga, o'rni kelganda esa mustaqil izlanuvchilarga taalluqlidir) qo'liga PhD diplomni olgunicha quyidagi malakaviy talab va bosqichlardan o'tadi: 1. Tegishli mutaxassislik ixtisosligi bo'yicha malakaviy (minimum) imtihon topshiradi. 2. Chet tilidan minimum (malakaviy) imtihon topshiradi. 3. "Ayrim hollarda" tadqiqotchi fanlar farqi hisobidan qo'shimcha fanlardan imtihon topshiradi. 4. Ilmiy mavzuni "OAK byulleteni" jurnalida e'lon qildiradi. 5. Eng kamida 7 ta maqola (maqola va tezislar). 6. Eng kamida 1 ta amaliyotga joriy etilganlik haqida guvohnoma (внедрения). 7. Dissertatsiya 8. Avtoreferat. Endi yuqoridagilar bilan birma-bir gaplashamiz. 1. Tadqiqotchi, masalan zoologiya (shifr raqami 03.00.06) ixtisosligi tayanch doktoranti albatta 3 yil ichida zoologiyadan malakaviy imtihon topshirgan va guvohnomani olgan bo'lishi shart. Bunda, tadqiqotchi qaysi Ilmiy kengashda himoya qilishiga qarab o'sha Ilmiy kengash faoliyat yuritadigan universitet yoki institutda malakaviy imtihon topshiradi. Mazkur malakaviy imtihonda zoologiyaga oid 4 ta savol va 5-savoli dissertatsiyangiz haqida (dolzarbligi, ilmiy yangiliklari, maqsad-vazifalari) bo'ladi. Mazkur malakaviy imtihon guvohnomasi sizga 5 yil muddatga beriladi. Odatda tadqiqotchilar malakaviy imtihonni o'quv yilining 1-kursidayoq topshirib guvohnoma olib qo'yganlari yaxshiroq. Keyin dala tadqiqotlari yoki dissertatsiya yozish bilan bo'lib vaqtingiz yetmay qolishi mumkin. Malakaviy imtihonlar yilda eng kamida 2 marta (bahor va kuzda) bo'lmasa 4 martagacha o'tkaziladi. Mabodo 1-topshirishingizda yetarli ballni to'play olmay o'tolmay qolsangiz hech qanday muammo emas, keyingi qabulda yana hujjat topshirib yana imtihonga kiraverasiz, guvohnoma olmaguningizgacha topshiraverasiz. Odatda tadqiqotchi 1-topshirishidayoq malakaviy imtihondan o'tadi, qolib ketibdi degan gaplarni deyarli eshitmaganman. 2. Tadqiqotchi ixtisosligidan tashqari chet tilidan ham minimum imtihon topshiradi. Nizom bo'yicha ruxsat etilgan tillar ingliz, nemis va fransus tillaridir. Tadqiqotchi 3 yil mobaynida albatta ushbu 3 tildan biridan minimum imtihon topshirishi shart. Bu minimum imtihon o'zining ixtisoslik imtihoniga o'xshab faqat himoyaga chiqadigan kengashi faoliyat ko'rsatadigan oliy ta'limdan topshirishi shart emas. Ya'ni chet tilidan minimum imtihonni istalgan davlat universiteti yoki institutida topshirishi mumkin. Chet tilidan ham imtihonda beriladigan guvohnoma 5 yil muddatga amal qiladi. Chet tili imtihonida ham jami 5 ta topshiriq bo'ladi (bular orasida masalan FarDU da 1-topshiriqda 300-400 so'zdan iborat bir mavzuni qamrab olgan matn berildi, shuni o'qib chiqib tushunganlaringizni ingliz tilida gapirib bering deyishadi, 2-topshiriqda 10 ta erkin mavzularda variantli oddiy testlar, 3-topshiriqda aynan sohangizga oid 100-150 so'zdan iborat kichik matn beriladi, uni o'zbek tiliga tarjima qilib, komissiya a'zolariga ham inglizchasini o'qib ortidan tarjimasini tushuntirishingizni so'raydi, 4-topshiriq esa albatta ilmiy mavzuingiz, tadqiqotingiz bo'yicha bo'ladi).

360 views

Riqchachisqa 22 qipa punchaw

⚡️Tepadagi post siz uchun muhim! Tezda qo‘shilib oling! ⬆️ 👉https://t.me/addlist/Qg4CQwu0p54yMTQy✔️

310 views

Riqchachisqa 22 qipa punchaw

🌟Bolajak mediklar uchun ajoyib imkoniyat! 30/30 ☄️ Bepul darslarga qo‘shilish uchun quyidagi kanallarimizga a’zo bo‘ling. 🔽 👉https://t.me/addlist/Qg4CQwu0p54yMTQy

314 views

Riqchachisqa 28 qipa punchaw

#kun_etirofi Assalomu alaykum, xayrli kun! Bugun do'stimiz, qadrdonimiz, bizning ixtiologlar jamoasida o'zining muhim o'rniga ega bo'lgan, ochiq ko'ngil, o'z sohasida ilgarilayotgan bo'lajak PhD, Murodjon Raxmonovning tug'ilgan kunlari! Biz Murodjon bilan salkam 4 yildan buyon ustozimiz Baxtiyor Sheraliyev rahbarligi ostida birgalikda koʻplab muhim ilmiy-tadqiqot ishlarida va ekspeditsiyalarda faol ishtirok etib kelamiz. Shu kungacha O'zbekiston ichki suv havzalariga, xususan Sirdaryo havzasining yuqori oqimi, Zarafshon havzasining o'rta oqimi hamda Amudaryo havzasining yuqori oqimlariga qilgan ekspeditsiyalarimiz aynan Murodjon bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli amalga oshgan. Murodjon hozirda Farg'ona vodiysi tog' daryolari baliqlarining faunasi va ekologiyasiga bag'ishlangan tadqiqot ishlarini boshlab yuborgan. Ishonamanki, baliqlarning ekologiyasi borasidagi ilmiy izlanishlari nafaqat O'zbekiston balki Markaziy Osiyo ixtiofaunasi merosidan ajralmas joy olib, kelgusida yanada yangi tadqiqotlarga bir debocha bo'ladi desam mubolag'a bo'lmaydi. Mana shunday yutuqlarni bardavom etib Murodjon nafaqat Oʻzbekiston, balki butun dunyo olimlari orasida oʻz oʻrniga ega boʻlgan yetuk mutaxassis boʻlib tan olinishiga ishonamiz. Qolaversa, bizning jamoaviy hamkorligimiz va doʻstligimiz ilm yoʻlidagi barcha ishlarimizda mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi. Qadrli Murodjon, sizga uzoq umr, mustahkam sogʻliq va ilmiy faoliyatingizda yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin, aziz doʻstim! 🎉🎉🎉🎉 Eng samimiy tilaklar bilan, Sharofiddin!

535 views

Hashtags

Riqchachisqa 28 qipa punchaw

Ilmga kirganingizda yaxshi ilmiy rahbarga duch kelishingiz bu katta baxt, sababi ilmiy faoliyatingizning qanday kechishida ilmiy rahbaringizning o‘rni beqiyos bo‘ladi. Undan so‘ng ilmiy maktabingiz yashashi uchun munosib shogirdga ega bo‘lishingiz eng katta omad, chunki sizdan keyin ilmiy maktab davom etishi endi siz yetishtiradigan shogirdga bog‘liq. Men bu borada o‘zimni ham baxtli, ham omadli deb hisoblayman. Sohasining eng zo‘r mutaxassisi, haqiqiy ilm odami bo‘lgan olimning shogirdi bo‘ldim. Qolaversa xudo menga bir-biridan yaxshi, samimiy, eng muhimi ilm-fanni sevadigan shogirdlarni ro‘para qildi. Murodjon Raxmonov mana shunday shogirdlarimdan biri. Bugun Murodjonning tug‘ilgan kuni. U nafaqat yaxshi shogird, balki yaxshi o‘g‘il, yaxshi turmush o‘rtoq, yaxshi uka, yaxshi do‘st hamdir. Bu gapimni Murodjonni yaqindan bilgan barcha tasdiqlaydi. Murodjon, tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin. Sizga uzoq va mazmunli umr, tinch-totuv oilaviy hayot hamda muvaffaqiyatli ilmiy-pedagogik faoliyat tilayman. Ilm yo‘lidagi parvozingiz baland va bardavom bo‘lsin. Sizdek shogirdim borligidan faxrlanaman. 🎉🎉🎉 @hujayrauz

385 views

Riqchachisqa 29 qipa punchaw

Bir kun, bir ma'lumot !🗓 🧠 Ikkinchi miya: Nega kayfiyatimiz qornimizga bog‘liq? Hech e’tibor berganmisiz, hayajonlanganda qorningiz g'uldiraydi yoki qattiq siqilsangiz, ishtahangiz yo‘qoladi? Bu shunchaki tasodif emas. Biologiyada ichaklarni bejizga "ikkinchi miya" deb atashmaydi. Bizning ichimizda butun bir dunyo bor! Inson tanasida o‘z hujayralarimizdan ham ko‘ra ko‘proq mikrob va bakteriyalar yashaydi. Ularning umumiy vazni qariyb 2-3 kilogramm bo‘lib, bu bizning miyamizdan ham og‘irroqdir. Bu mitti jonzotlar (mikrobiota) shunchaki ovqat hazm qilmaydi, balki bizning xarakterimiz va his-tuyg‘ularimizni boshqaradi. Qanday qilib? Baxt gormoni markazi: Ko‘pchilik baxt gormoni — serotonin faqat miyada ishlab chiqariladi deb o‘ylaydi. Aslida esa tanamizdagi serotoninning 90 foizidan ortig‘i aynan ichaklarda, mikroblar yordamida hosil bo‘ladi. Ya’ni, ko‘tarinki kayfiyat uchun miyadan ko‘ra, ichaklarimiz ko‘proq mas’ul! To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa: Ichak va miya o‘rtasida maxsus "tezkor aloqa liniyasi" (vagus nervi) bor. Bakteriyalar ushbu nerv orqali miyaga doimiy signallar yuborib turadi: bizni nima yeyishga majbur qiladi, tushkunlikka tushiradi yoki aksincha, tetiklashtiradi. Nega buni bilishimiz muhim? Biz nima yesak, ichimizdagi bakteriyalarni ham shunga o‘rgatib qo‘yamiz. Masalan: Agar biz ko‘p shakar va fastfud yesak, "yomon" bakteriyalar ko‘payadi. Ular bizni tushkunlikka, charchoqqa va asabiylikka yetaklaydi. Agar ko‘proq sabzavotlar, mevalar va qatiq kabi tabiiy mahsulotlar iste’mol qilsak, "yaxshi" bakteriyalarimiz ko‘payib, xotiramiz va kayfiyatimizni yaxshilaydi.

3,220 views

Riqchachisqa 5 May

Aytgancha kanalda vaqti-vaqti bilan kichik reklamalik postlar chiqib qolishi mumkin, buni to'g'ri tushunasizlar degan umiddaman. Bola-chaqali odammiz ))

464 views

Riqchachisqa 5 May

Bugundan boshlab sizlar uchun "Bir kun, bir ma'lumot" ruknida kontent qilishni reja qildim. Qo'llab turarsizlar ? P.s.: Turgan gap-ki, birinchi kunning posti ertaga chiqadi )

463 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••555657
ÑawpaqQillqa 1 / 57Qhipan