TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BioLogic IQ
BioLogic IQ avatar

TGINSIGHT POST

Post #1256

@biologiciq

BioLogic IQ

Qhawasqakuna678Qhawasqa yupay
Riqchachisqa12 Abr12-04-2026, 02:30 p.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

Quvnoq daydi paraxodining "kema jurnali". Qisqa tanaffusdan soʻng ekspeditsiya guruhimiz bilan birgalikda yana ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida Chortoqsoy daryosiga safar uyushtirdik. Tong sahardan Fargʻonadan yoʻlga chiqqan paraxodimiz manzilga bir zumda yetib bordi, atrof-muhit bilan qisqa tanishuvdan soʻng tadqiqotimizning asosi boʻlgan baliq namunalarini yigʻishni boshladik. Havo harorati 23°C boʻlishiga qaramay daryo suvi nisbatan sovuq, shu bilan birgalikda oqim sezilarli darajada tez edi. Barcha ishlar ancha vaqtdan beri tizimli ravishda amalga oshirilib kelinayotgani tufayli hamma oʻz vazifasini aʼlo darajada bajardi. Oldimizga maqsad qilib olgan barcha ishlarimizga oʻz vaqtida ulgurganimiz esa bu borada tajribamiz avvalgidan sezilarli darajada oshganini bildiradi. Safarni yakunlab ortga qaytar ekanmiz, ushbu yoʻnalishni tanlaganim va oʻzim yaxshi koʻrgan ishni qilayotganimdan yana bir bor faxrlandim. P.s.: 1-rasm. Chortoqsoy daryosining Uychi tumanidan oqib oʻtuvchi qismi. 2-rasm. Quvnoq daydi paraxodining ekipaj a'zolari (rasmda chapdan oʻngga qarab): 1. Sharofiddin Xalimov, FarDU tayanch doktoranti 2. Obbosxon Azamov, b.f.f.d. (PhD) 3. Men, ya'ni Murodjon Raxmonov, FarDU tayanch doktoranti