TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BioLogic IQ
BioLogic IQ avatar

TGINSIGHT POST

Post #1265

@biologiciq

BioLogic IQ

Qhawasqakuna314Qhawasqa yupay
Riqchachisqa23 Abr23-04-2026, 02:07 p.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

Zarafshon havzasining O'zbekiston qismida dog'li yalangbaliq (Triplophysa strauchii) uchrashi aniqlandi. Bizning o'zbekistonlik va xitoylik ixtiologlar jamoasi birgalikda Zarafshon havzasining O'zbekiston qismidan Triplophysa strauchii ning uchrashini integrativ taksonomik usullar yordamida asoslab berishdi. PhD shogirdim Sharofiddin Xalimov ayni vaqtda Triplophysa strauchii ning O'zbekistondagi biogeografiyasi hamda reproduktiv biologiyasini tadqiq etmoqda. Uning tadqiqotlari davomida ushbu tur avval qayd etilmagan Zarafshon havzasida uchrashi ma'lum bo'ldi. Shu bilan birga, biz tomonimizdan qayd etilgan nuqta mazkur turnign eng g'arbiy tarqalish nuqtasi hisoblanadi. Tadqiqotning molekulyar qismi Xitoydagi doimiy hamkorimiz, mening ustozim Prof. Peng va uning jamoasi tomonidan amalga oshirildi. Tadqiqotimiz natijalari xalqaro Check List jurnalida chop etildi. @hujayrauz