TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BioLogic IQ
BioLogic IQ avatar

TGINSIGHT POST

Post #1271

@biologiciq

BioLogic IQ

Qhawasqakuna586Qhawasqa yupay
Riqchachisqa24 Abr24-04-2026, 11:19 a.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

#Ilmiy_yangilik FarDU tayanch doktorantlari Zarafshon havzasi uchun yangi baliq turini qayd etishdi. 🐟03.00.15-Ixtiologiya ixtisosligi tayanch doktorantlari Sharofiddin Xalimov, Murodjon Raxmonov hamda Obbosxon Azamovlarning olib borgan ixtiologik tadqiqotlari natijasida Zarafshon havzasi uchun yangi bo'lgan baliq turi - Triplophysa strauchii aniqlandi. Mazkur tadqiqot natijalari integrativ taksonomik (morfologik, molekulyar hamda PCA) usullarda asoslab berilgan. Shu bilan birga, ushbu turning yangi eng g'arbiy tarqalish nuqtasi qayd etildi. Tadqiqotchilar Triplophysa strauchii ning Zarafshon havzasiga kelib qolishining Sirdaryo havzasiga bog'liq bo'lmagan yangi yo'nalishi haqidagi g'oyani ilgari surishgan. 🗣Tadqiqot natijalari Braziliyaning Scopus bazasida indeksatsiyalangan (Q3) nufuzli Check List jurnalida chop etildi. 👉на русском 👉in english 🔗FarDU rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website