Willakuy ukhu
#buni_bilarmidingiz#ikkinchi_qism 3. "Ayrim hollarda" tadqiqotchi fanlar farqi hisobidan qo'shimcha fanlardan imtihon topshiradi. Tadqiqotchi qo'shimcha fanlardan imtihon topshiradi, qachon? Qachonki, magistrlik mutaxassisligi tayanch doktoranturadagi ixtisoslik shifriga yoki qaysi ixtisoslik bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun chiqayotganiga qarab farq qilsa. Bu nima degani? Sizlarga hayotiy misol bilan tushuntiraman. Men taniydigan bir inson aynan tayanch doktoranturada o'qib, 03.00.06 - zoologiya ixtisosligidan biologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi. Shu inson malakaviy imtihonlarda zoologiya ixtisosligi va chet tilidan tashqari qo'shimchasiga molekulyar biologiya, umumiy biologiya va ixtiologiyadan ham malakaviy imtihon topshirib ulardan ham guvohnoma oldi. Ho'sh, nima uchun bunday bo'ldi? Bu inson bakalavrda biologiya o'qitish metodikasi yo'nalishini tamomlagan. Magistrlikda esa ixtiologiya va gidrobiologiya mutaxassisligi bo'yicha diplom yoqlagan. Tayanch doktoranturada 03.00.15 - ixtiologiya ixtisosligiga qabul qilingan. Biroq, biologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori diplomini zoologiya ixtisosligidan yoqlagan. Ya'ni, bu inson himoyaga zoologiya ixtisosligidan chiqayotgani va bu magistrlik mutaxassisligiga nomuvofiq bo'lgani uchun, yuqoridagi fanlardan imtihon topshirishga majbur bo'lgan. Demoqchi bo'lganim, agar bu insonning magistrlik mutaxassisligi zoologiya yoki biologiya (fan yo'nalishi bo'yicha) bo'lganida yuqoridagi fanlardan farq chiqmas edi. Aytishingiz mumkin, ixtiologiya va gidrobiologiya zoologiyani ichidaku, nega zoologiyani bir bo'limi bo'lsa ham yana farq chiqavergan? Buni tushuntirishda esa, zoologiya mutaxassisligi bu ham umurtqali ham umurtqasiz hayvonlarni to'laroq tushuntirishni qamrab oladi, ixtiologiya va gidrobiologiya esa asosan baliqlarni va suv hayvonlarinigina o'z ichiga oladi. Shuning uchun quruqlik hayvonlari, havo hayvonlari kabi organizmlarni magistrlikda chuqur o'zlashtirmagan sanalgani uchun shunday farqlar kelib chiqqan. Shu joyida yana bir eslatma, ho'p, magistrligi ixtiologiya va gidrobiologiya bo'lgan ekan, nima uchun unda tayanch doktoranturada ham yana ixtiologiyadan imtihon topshirishi kerak? Chunki, u tadqiqotchi tayanch doktoranturada zoologiya ixtisosligidan chiqmoqda. Shuning uchun magistrlikdagi mutaxassislik fanidan ham malakaviy imtihon topshirishi shart. Qachon topshirmasa bo'lar edi, qachonki magistrlik mutaxassisligi ixtiologiya bo'la turib, falsafa doktori ilmiy darajasini aynan ixtiologiya shifri (03.00.15) bilan himoya qilsagina bu fandan fanlar farqi topshirmas edi.