Willakuy ukhu
#Breaking_news Bugungi quvonchli yangiliklardan yana biri haqida yozmasam bo‘lmaydi. 24-English guruhining yana bir faol talabasi — Dilfuza ham Multilevel ingliz tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tib, B2 darajasini qo‘lga kiritdi. Bu natija ortida juda katta mehnat, sabr va tinimsiz harakat bor. Dilfuza o‘ziga xos xarakterga ega talabalarimizdan biri. U katta orzular, dadil maqsadlar va kuchli ichki motivatsiya bilan yashaydigan qizlardan. Kelajagi buyuk bo‘lishiga ishonadigan talabalarim safida alohida o‘rin tutadi. Eng muhimi esa — u haqiqiy lider bo‘la oladi. Jamoasining yuragi bo‘lish, odamlarni ortidan ergashtirish va kerak bo‘lsa ularga tayanch bo‘lish qobiliyati unda tabiiy shakllangan. Meni eng ta’sirlantiradigan jihatlaridan biri esa uning samimiyligi. Quvonchni ham, tashvishni ham yuragidan o‘tkazib qabul qiladi. Ko‘zidagi yosh orqali ichidagi hislarini yashirmaydigan, juda nozik ko‘ngilli talabam. Shu samimiyligi uni yanada boshqacha qiladi. To‘g‘risi, ulardan koʻra men koʻproq xursand boʻlyapman ). Talabalarimning har bir yutug‘i men uchun oddiy statistika emas. Bu mehnat, ishonch va katta umidlarning natijasi. Ularning ko‘zidagi ishtiyoqni ko‘rib, qilayotgan ishlarimning behuda emasligini his qilaman. Dilfuza, yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin. Oldingizdagi barcha maqsadlarga albatta erishing. Siz hali juda katta cho‘qqilarni zabt etasiz. Sizga doimo ishonaman va ustozingiz ekanligimdan faxrlanaman.