TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BioLogic IQ
BioLogic IQ avatar

TGINSIGHT POST

Post #1302

@biologiciq

BioLogic IQ

Qhawasqakuna200Qhawasqa yupay
Riqchachisqa18 May18-05-2026, 06:50 p.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

#buni_bilarmidingiz#uchinchi_qism 4. Ilmiy mavzuni "OAK byulleteni" jurnalida e'lon qildiradi. Falsafa doktori va fan doktori ilmiy darajalariga da'vogar qiluvchi shaxs tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilik davrida tanlab olgan va ish olib borayotgan dissertatsiya mavzusini OAK byulleteni jurnalida e'lon qildirishi shart. Nima uchun tadqiqotchi mavzuni byulletenda e'lon qilishga majbur? Chunki, siz tanlagan tadqiqot mavzusini boshqa bir tadqiqotchi ham tanlab qo‘ymasligi, ishlayotgan mavzuingizni respublikaning turli nuqtalaridagi olimlarga, tadqiqotchilarga hamda tegishli aloqador shaxslarga bildirish uchun bu juda muhim. Bu bilan siz "men mana shu mavzu bo‘yicha ishlamoqdaman" kabi tushunchada rasmiy bir joyda e'lon qilib qo‘ygan bo‘lasiz. Bundan oldin tadqiqotchi bilishi kerak bo‘lgan bir qator narsalar bor. Oldimizga bir nechta savollar qo‘yib olaylik va shu savollar chegarasida ma'lumotlarni beraman. 1. OAK byulleteni jurnali yilda necha marta to‘plam chiqaradi? 2. Tadqiqotchi qachon mavzusini OAK byulleteniga taqdim etishi mumkin? 3. Tadqiqotchi OAK byulleteniga mavzusini e'lon qildirishidan oldin qanday ma'lumotlarni bilishi kerak? 4. OAK byulleteni jurnaliga mavzuni e'lon qilish uchun taqdim etishda qanday bosqichlardan o‘tiladi, qanday hujjatlar darkor? Javoblar: 1. OAK byulleteni jurnali yilda 4 marta to‘plam e'lon qiladi. Har 3 oyda 1 marta bitta soni nashrdan chiqadi. Ushbu e'lonni chiqishini oak.uz rasmiy platformasi orqali kuzatib borish mumkin. 2. Tayanch doktorantura, doktorantura bosqichida tahsil olayotganlar 3 yil mobaynida istalgan paytda e'lon qildirishi mumkin. Mustaqil izlanuvchilar esa mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinganidan boshlab istalgan davrda e'lon berishlari mumkin bo‘ladi. Mana bu paytda beriladi degan biror qat'iy chegara qo‘yilmagan. Faqat, tadqiqotchi ishni Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarga olib chiqqunga qadar mavzu jurnalda e'lon qilingan bo‘lishi shart. 3. Eng muhim joyiga keldik. Tadqiqotchi jurnalda mavzu e'lon qildirishdan oldin quyidagi ma'lumotlarni bilishi kerak. Tadqiqotchi ilmiy rahbari yoki maslahatchisi bilan birgalikda tanlab olgan mavzusi bo‘yicha ishni oxirigacha olib boradimi. Tanlangan mavzu o‘z sohasida dolzarb ahamiyatga egami, sohaning ma'lum bo‘shliqlarini to‘ldira oladimi, aynan ilm-fandagi muammoli savollarga kichik bo‘lsa ham yechim bera oladigan ilmiy yangiliklar qo‘lga kirita oladimi. Agar javoblar ha bo‘lsa u holda mavzuni e'longa bersa bo‘ladi. Tadqiqotchi yana bir jihatni inobatga olishi zarur. Mazkur tanlagan mavzusi bo‘yicha yaqin yillarda aynan 1 ga 1 ish olib borilmaganmi yoki hozirda mamlakatning biror boshqa nuqtasida aynan shu mavzu bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilmayaptimi. Bu borada albatta ilmiy rahbarlarning yordami juda asqotadi. Mavzuni sizga ilmiy rahbar beradi, lekin bu mavzuda ish olib borish yoki bormaslikni siz o‘ylab ko‘rasiz. Shunday ekan, ilmiy rahbarlar ertaga mazkur doktoranti yoki mustaqil tadqiqotchisi berayotgan mavzusidan chiroyli ish chiqarib yorug‘ yuz bilan himoya qilib olishini o‘ylagan holda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha bir to‘xtamga kelishlari kerak. Endi, deylik tadqiqotchi tayanch doktoranturaga kirgandan so‘ng, oxirini o‘ylamay-netmay shoshqaloqlik qilib 1-yildayoq mavzusini e'longa berib qo‘ydi. Oradan ma'lum bir vaqt o‘tgandan keyin tanlagan shu mavzusi bo‘yicha olib borgan tadqiqotidan pichoqqa ilinadigan yangilik qo‘lga kiritmadi. Bu holatda mavzuning predmetlarini o‘zgartirish kerak bo‘lib qoldi, vaholangki bu holatda hohlaymizmi yo‘qmi dissertatsiya mavzusiga ham o‘zgartirish kiritiladi. Endi esa avval 1-kursdayoq shoshqaloqlik qilib e'lon qilgan mavzusini yana qayta byulletenda e'lon qildirishga majbur, yana 3 oy vaqt kutadi, yana kichik bo‘lsa ham qaytadan to‘lov qiladi va hokazo.