TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BioLogic IQ
BioLogic IQ avatar

TGINSIGHT POST

Post #1303

@biologiciq

BioLogic IQ

Qhawasqakuna226Qhawasqa yupay
Riqchachisqa18 May18-05-2026, 06:50 p.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

#buni_bilarmidingiz #uchinchi_qism_davomi To‘g‘ri, aytishingiz mumkin, 1-kursda ham mavzusini e'lon qildirib oxirigacha shu mavzuda ishlaganlarni bilaman deyishingiz mumkin. Bu holatga ham men biror nima demayman, chunki tadqiqot mavzusi anniq, ishning maqsad va vazifalari, obyekti, predmeti, kutilayotgan natijalari ishonchli bo‘lgan, ilm-fanga salmoqli hissa qo‘shishda ahamiyatga haqiqatdan ham munosib mavzularni 1-kursdayoq e'lon qildirsa bo‘ladi. Bu borada jonli misol tariqasida o‘zimni keltiradigan bo‘lsam, tadqiqot mavzuim aniq, ishning maqsadi va vazifalari, obyekti, predmeti aniq hamda shu orqali yaqin kelajakda ko‘zlanayotgan yangiliklarga erishsa bo‘ladigan, xullas tadqiqot o‘tkazsa o‘tkazgudek chiroyli mavzuim bo‘lgani uchun byulletenning adashmasam 2-soniga yuborib bo‘ldim. Chunki, aytganimdek bu yerda o‘ylanib o‘tiradigan narsaning o‘zini ko‘rmaganim bois, ilmiy rahbarimning ham tavsiyasiga asoslanib tasdiqqa berib yubordim. Shu o‘rinda yana bir muhim jihati bor. Diqqat bilan eslab qoling. Dissertatsiya mavzuingizni siz qaysi ixtisoslik bo‘yicha ilmiy darajaga da'vogarlik qilayotgan bo‘lsangiz, byulleten jurnaliga tayyorlaydigan hujjatlaringizga ham aynan shu ixtisoslikni berishingiz kerak. Keling buni misol o‘laroq tushuntiraman, men hozirda 03.00.15 - Ixtiologiya ixtisosligi tayanch doktorantiman. Ho‘sh, men biologiya fanlari falsafa doktori ilmiy darajasini himoya qilishim uchun tarkibida ixtiologiya, zoologiya, gidrobiologiya ixtisosliklaridan biridan ilmiy darajalar berish vakolatiga ega bo‘lgan Ilmiy kengashda himoya qilishim kerak. U holda, mavzuimni shu uch ixtisoslikdan birida OAK byulleteni jurnaliga bera olaman. Men esa falsafa doktori ilmiy darajasini 03.00.06 - Zoologiya ixtisosligidan darajalar beruvchi Ilmiy kengashda himoyaga olib chiqish maqsadida byulletenga "Qaysi ixtisoslikdan berilmoqda" bandiga aynan zoologiya ixtisosligini yozganman. Endi, mavzuim e'lon bo‘lganda zoologiya ixtisosligidan e'lon bo‘ladi. Shu bilan men mamlakatimizning istalgan yeridagi aynan zoologiya ixtisosligidan ilmiy darajalarda tasdiqlash vakolatiga ega bo‘lgan Ilmiy kengashga ishimni topshira olaman. Aytishingiz mumkin, "Nega o‘z ixtisosligingiz bo‘lgan ixtiologiyadan ilmiy daraja olmaysiz?". Chunki, mening ixtisosligimda ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash borligini eshitmaganman. Yoki bo‘lsa ham Toshkentda bor yoki Samarqandda boring ana Qoraqalpog‘istonda bor (bu borada hozircha biror ma'lumotim yo‘q). Demak, siz himoya qiladigan Ilmiy kengash yashash hududingizga qulay bo‘lishi maqsadga muvofiq. 4. Dissertatsiya mavzuingizni OAK byulleteniga yuborish uchun quyidagi hujjatlarni tayyorlaysiz: 1. Mavzuning universitet yoki institut kengashidan tasdiqdan o‘tganligi haqida majlis bayonnomasidan ko‘chirma. 2. Mavzu, tadqiqotchi, berayotgan ixtisosligi (lari), ilmiy rahbari (lari) haqida lotincha-krillcha jadval ma'lumotlarining elektron shakli. 3. OAK raisi nomiga Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor nomidan rasmiy xat tayyorlanadi. 4. Pasport nusxasi (.jpg formatda) 5. OAK hisob raqamiga e'lon qildirish bo‘yicha belgilangan badal puli o‘tkaziladi (2026-yil may holatiga ko‘ra 104 ming so‘mni tashkil etgan edi). To‘lov qilinganlik haqida kvitansiyaning .jpg shakli beriladi. Yuqoridagi hujjatlarni (OTM kengashidan mavzu tasdig‘i bo‘yicha majlis bayonnomasidan ko‘chirma, rasmiy xat va barcha hujjatlarni yuborish) bevosita universitet ilmiy bo‘limidagi tegishli mas'ul xodimlar bilan birga ularning ko‘magida tayyorlaysiz va ular orqali yuborasiz. Sizlarga yetkazmoqchi bo‘lgan ma'lumotlarim shulardan iborat edi. #buni_bilarmidingiz rukni ostida sizlarga yuborayotgan ma'lumotlarimning qolgan qismini yana boshqa kuni taqdim etishga harakat qilaman. Ushbu tashabbusim sizlarga foydali bo‘lmoqda deb o‘ylayman.