Willakuy ukhu
FAZZA TOP CEO Mini MBA: Strategik Marketing va Brand Strategiyasi Marketing — bu reklama emas, bu strategik fikrlash va brend orqali bozorda yutish san’atidir. Bugun biz ushbu yo‘nalishda muhim bosqichni yakunladik — Marketing bo‘yicha Biznes Razbor muvaffaqiyatli o‘tkazildi! Bu sessiya davomida ishtirokchilar o‘z kompaniyalarining marketing tizimlarini tahlil qilib, rivojlanish yo‘l xaritalarini ishlab chiqdilar. 📘 Modul doirasida rahbarlar: 🔹 O‘z mahsulotining hayot siklini (Product Life Cycle) aniqladilar 🔹 Marketing voronka orqali mijozlar yo‘lini (Customer Journey Map) tahlil qildilar 🔹 Boston matritsasi yordamida portfeldagi ustuvor yo‘nalishlarni tanladilar 🔹 Bozorni segmentatsiya va pozitsionirovaniya asosida o‘rgandilar 🔹 Maqsadli auditoriya portretini va noyob qiymat taklifini (NQT) ishlab chiqdilar 🔹 Va nihoyat, o‘z brendining piramidasini yaratdilar — asosiy qadriyatlar, obro‘ va “TOP OF MIND” darajasigacha yetdilar 📊 Bugungi Marketing Biznes Razbor — bu haqiqiy o‘sish, tahlil va yangilanish kuni bo‘ldi. Biznes tahlilida qatnashgan brendlar: Novza eshiklari, Oleo, Bulut, Click TV, Mediamax, ASMO supermarket. #FAZZA#TOPCEO#MiniMBA#MarketingStrategy#BrandStrategy#BusinessRazbor#StrategicManagement#Leadership