TGINSIGHT CHAT
FAZZA Management School
@fazza_ecosystem
Education🔹 Biznesni Professional Boshqarish va Rivojlantirish Dasturi! 🌐www.topceo.uz
Qhipan willakuykunap
Qillqa 1 / 8 · 94 willakuy
Riqchachisqa 13 Ene
Marketingdagi real tajriba, kuchli strategiyalar va ochiq muloqot — barchasi biznes nonushtada 📌 Mehmon: Samir Axmetzyanov - Marketingda 22 yillik tajriba - Reformat konsalting kompaniyasi asoschisi - EVOS va Agrobank rebrending loyihalari muallifi, Payme, Anorbank kabi kompaniyalarda TOP pozitsiyalarda faoliyat yuritgan - Strategik marketing, brending va PR bo‘yicha ekspert 🗓 Payshanba, 15-yanvar ⏰ 9:30 📍 Bosphorus restorani 👥 Joylar soni: 15 kishi Marketingni chuqurroq tushunish, savollarga javob olish va foydali networking uchun ajoyib imkoniyat. 🌐@FAZZA_TOPCEO ☎️ 77 151 51 00 🕸topceo.uz
Riqchachisqa 12 Ene
FAZZA Management School × Alliance Business Consult: Memorandumdagi kelishuvlar amaliyotga ko'chmoqda FAZZA Management School va Alliance Business Consult rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida 2025-yil yakunlari muhokama qilinib, har ikki tomon mijozlari uchun real qiymat beradigan maxsus takliflar berildi. Batafsil videorolikda. 🌐@FAZZA_TOPCEO ☎️ 77 151 51 00 🕸topceo.uz
Riqchachisqa 10 Ene
Nega strategiya ishlamaydi? Boshqaruv jamoalarini diagnostika qilish tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki: atigi 14% holatda rahbar va xodim bir xil lavozim bo‘yicha talablarni bir xil tushunadi. Qolgan 86% holatda deyarli har doim bir xil manzara kuzatiladi: - Rahbar o‘z kutganlarini “boshida olib yuradi” - Xodim esa ularni o‘zicha mantiqan to‘ldiradi - Va deyarli hech kim bu kutishlarni ochiqchasiga solishtirib chiqmaydi Bu na motivatsiya muammosi va na bilim yoki kompetensiya yetishmasligi ham emas. Bu — tizimli boshqaruv xatosi: ya’ni rollar va lavozimlar bo‘yicha aniq va kelishilgan talablarning yo‘qligi. Natijada xodimlar halol, mas’uliyat bilan va ko‘p ishlashi mumkin. Lekin baribir strategiya uchun kerak bo‘lmagan ishni qilishi ehtimoli juda yuqori bo‘ladi. Egasi esa asta-sekin jamoaga ishonchini yo‘qota boshlaydi — ko‘pincha muammo qayerda ekanini aniq tushunmagan holda. Har bir lavozimda doimo uchta “vagon” mavjud: 🔹 Rahbariyat nimani kutadi 🔹 Xodim bu kutishlarni qanday tushunadi 🔹 Xodim real hayotda qanday boshqaruv xulqini namoyon qiladi Ko‘plab kompaniyalarda bu uch vagon bir-biriga ulanmagan. Tashqaridan qaraganda bu: “Bu odam bu rolga mos emas”dek ko‘rinadi. Aslida esa bu: boshqaruv kelishuvlarining mos kelmasligi xolos. Bu farqlar aniqlanib, ochiq muhokama qilinmaguncha: - kadrlar bo‘yicha qarorlar, - strukturani o‘zgartirish, - yangi lavozimlar joriy etish barchasi taxminlar asosida qabul qilinadi, real boshqaruv manzarasi asosida emas. Nega struktura muammoni hal qilmaydi? Tizim ishlamayotgani sezilganda, kompaniyalar ko‘pincha mantiqiy ko‘ringan qadamni tashlaydi — strukturani o‘zgartiradi: - bo‘ysunuv chiziqlari qayta chiziladi, - yangi rollar yaratiladi, - funksiyalar qayta taqsimlanadi. Ammo har qanday struktura quyidagi taxminlarga tayanadi: - rollar bo‘yicha talablar aniq; - hamma bu talablarni bir xil tushunadi; - real boshqaruv xulqi funksiyalarga mos keladi. Agar bu shartlar bajarilmagan bo‘lsa, struktura qog‘ozda qanchalik chiroyli bo‘lmasin, ishlamaydi. U faqat eski boshqaruv uzilishlarini yashirib turuvchi dekoratsiyaga aylanadi. Gap Check — bu kompaniyada uchta muhim qatlam o‘rtasidagi farqni (gap) aniqlash jarayoni: 1. Rahbariyat nimani kutyapti (strategik va funksional talablar) 2. Xodimlar bu kutishlarni qanday tushunayapti 3. Amalda qanday boshqaruv xulqi va qarorlar qabul qilinyapti Bu — tizimning o‘zi o‘zi bilan kelishganmi-yo‘qmiligini tekshiradigan boshqaruv vositasi. U quyidagi imkoniyatlarni beradi: ✔️ lavozim va funksiyalar bo‘yicha real talablarni aniqlash; ✔️ rahbarlar va xodimlar bu talablarni qanday tushunayotganini ko‘rish; ✔️ kutishlar bilan real boshqaruv xulqini solishtirish; ✔️ strategiya, talab va harakatlar orasidagi uzilishlarni aniqlash; ✔️ yuqori boshqaruv xavfi bo‘lgan zonalarni ko‘rsatish. Bu yerda asosiy qiymat — hisobotda emas, balki boshqaruvdagi aniqlikda. Xulosa: Ko‘plab bizneslarda muammo na strategiyada va na odamlar ishlamayotganida, balki muammo shundaki, tizim o‘zi bilan o‘zi kelishmagan.
Riqchachisqa 7 Ene
Ushbu elementlar uyg‘un ishlaganda — jamoa bir yo‘nalishda harakat qiladi, mijozlar esa sizning advokatlaringizga aylanadi. Batafsil FAZZA Management school'ning TOP CEOMBA dasturida! 🌐@FAZZA_TOPCEO ☎️ 77 151 51 00 🕸topceo.uz
Riqchachisqa 6 Ene
Boshqarilayotgandek tuyulish illyuziyasi: nega strategiya g‘oyalarda emas,boshqaruvda sinadi Yirik kompaniyalar egalari ko‘pincha uchta narsaga qat’iy ishonadi: 1. Strategiya tushunarli; 2. Tashkiliy tuzilma aniqlangan; 3. Odamlar ulardan nima talab qilinishini biladi. Bu ishonch mantiqli ko‘rinadi. Strategiya muhokama qilingan, maqsadlar belgilangan, tuzilma chizilgan, asosiy rahbarlar tayinlangan. Rasmiy jihatdan hammasi joyida. Ammo, amaliyotda bu ko‘pincha haqiqat emas, balki boshqarilayotgandek tuyulish illyuziyasi bo‘lib chiqadi. Ko‘plab kompaniyalar yillar davomida “tizim ishlayapti” degan hissiyot bilan yashaydi. Qachondir esa birdan ayon bo‘ladi: strategiya sekinlashgan, qarorlar qabul qilish tezligi tushib ketgan, biznes egasi operatsion masalalarga tobora ko‘proq aralashishga majbur, jamoa esa tobora kamroq ishonch uyg‘otmoqda. Shunda e’tibor odatda odamlar tomonga qaratila boshlanadi: “ko‘tara olmayapti”, “mos kelmayapti”, “bozorda kuchli rahbarlar yo‘q”. Holbuki, aksariyat hollarda sabab bundan ham chuqurroq va tizimlidir. Boshqaruvdagi uzilish aslida qayerda paydo bo‘ladi? Har qanday kompaniyada uchta darajani ajratish mumkin: Birinchi daraja — kompaniya qayerga ketayapti. Bu strategiya, ustuvorliklar, biznesning maqsadli modeli. Ikkinchi daraja — ushbu strategiyani amalga oshirish uchun funksiyalar va lavozimlar nima qilishi kerakligi. Uchinchi daraja — odamlar amalda qanday harakat qiladi: qanday qarorlar qabul qiladi, nimaga e’tibor qaratadi, jamoalarni qanday boshqaradi. 💡 Eng muhim nuqta shundaki: uzilish deyarli hech qachon strategiya darajasida yuzaga kelmaydi. U rol va lavozimlardan kutilgan talablar bilan real boshqaruv xulqi o‘rtasida paydo bo‘ladi. Strategiya puxta va mantiqli bo‘lishi mumkin. Ammo agar funksiyalar va lavozimlar bo‘yicha talablar aniq belgilab olinmagan va o‘zaro uyg‘unlashtirilmagan bo‘lsa, tizim taxminlar asosida ishlay boshlaydi. Rahbarlar kutilyotgan natijalarni o‘zicha talqin qiladi, xodimlar ustuvorliklarni shaxsiy tushunchalari asosida belgilaydi, boshqaruv esa asta-sekin bashorat qilinmaydigan holga keladi. Tashqaridan qaraganda hammasi boshqarilayotgandek ko‘rinishi mumkin. Ammo ichkarida tizim sekin-asta parchalanib boradi.
Riqchachisqa 5 Ene
Zamonaviy biznes boshqaruvi tubdan burilish nuqtasida turibdi Nazorat, KPI va buyruqlarga asoslangan yondashuv — tezkor o‘zgarishlar va insoniy “выгорания”ga endi bardosh berishi qiyin. Ko‘plab kompaniyalarda rahbarlar strateg bo‘lish o‘rniga jarayon dispetcheriga aylanib qoldi. Natijada esa energiya tugaydi, tashabbus so‘nadi, ishda ma’no yo’qoladi. Bugungi biznes muhitda yangi avlod rahbarlari maydonga chiqmoqda — lider-yaratuvchilar. Ular odamlarni boshqarish o’rniga, muhitni loyihalaydi. Asosiy muammo — noaniqlik emas, balki “выгорания” (burnout), ya’ni ma’noni yo‘qotish. Xodimlar endi faqat barqarorlikni izlamayapti. Ular ishtirok, ta’sir va rivoj izlayapti. Bir so’z bilan aytganda: “CEO funksiyasi asosiy strategdan — asosiy energiya manbaiga ko‘chmoqda.” Zamonaviy rahbar tashqaridan motivatsiya kutmaydi, u shunday shunday tizim yaratadiki, motivatsiya o‘zi tug‘iladi: • aniq maqsadlar orqali • avtonomiya orqali • korporativ madaniyat Rahbarning asosiy mahsuloti — strategiya emas, bu mustaqil, mas’uliyatli va kuchli jamoa. Lider–yaratuvchi ongli ravishda “ruldan qo‘lini oladi”. U hamma narsani o‘zi hal qilishni to‘xtatadi va tizimlar yaratadi, shunda biznes rahbarsiz ham ishlay boshlaydi. Amaliy misol: • Bir kompaniyada o‘sish aynan egasi operatsion aralashuvni to‘xtatib, muhit yaratishga o‘tgach boshlandi. • Boshqasida esa mikromenejmentga qaytish stagnatsiyaga olib keldi. Xulosa: Kelajak ko‘proq nazorat qiladiganlarga emas, rivojlanishni xohlaydigan muhit yarata oladiganlarga tegishli.
Riqchachisqa 29 Oct
FAZZA Ekotizimi | TOP CEO va OXUS University o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Maqsad — ta’lim va biznesni yaqinlashtirish, zamonaviy menejment bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash. 🎓 Birgalikda biz O‘zbekistonning yangi avlod yetakchilari va boshqaruvchilarini tayyorlaymiz. 🌐@FAZZA_TOPCEO ☎️ 77 151 51 00 🕸topceo.uz
Riqchachisqa 28 Oct
FAZZA Ekotizimi x NGD — strategik hamkorlik FAZZA | TOP CEO va NGD hamkorlik memorandumini imzoladi — bu boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish, tajriba almashish va O‘zbekiston tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim qadamdir. 🤝 Biz birgalikda biznes yetakchilari o‘sadigan, bilim almashadigan va samarali boshqaruvchilarning yangi avlodini shakllantiradigan ekotizimni yaratmoqdamiz. 🌐@FAZZA_TOPCEO ☎️ 77 151 51 00 🕸topceo.uz
Riqchachisqa 25 Oct
Biznesingiz ishlayapti, lekin samaradorlik past? Demak, sizga operatsion boshqaruvni to'g'ri tashkil qilish va tizimli yondashuv kerak! 🚀 2 KUNLIK FAZZA | TOP CEO Test Drive — bu yerda siz: ✅ Operatsion boshqaruvning mohiyati, roli va funksiyalarini tushunasiz ✅ Kompaniya jarayonlarini xaritalash va tahlil qilishni o‘rganasiz ✅ SOP (Standart operatsion prosseslar) va 5S (Ish joyini samarali tashkil qilish) tizimlarini amaliy qo‘llay olasiz ✅ PDCA va Kaizen asosida jarayonlarni yaxshilaysiz ✅ Sifatni boshqarish vositalarini (Ishikava, Paretto) qo‘llaysiz ✅ Operatsion samaradorlikni raqamli tizimlar orqali oshirishni o‘rganasiz ✅ Amaliy o‘yinlar orqali jamoaviy fikrlash, tezkor qaror va tizimli yondashuvni shakllantirasiz 💡 Bu shunchaki trening emas — bu sizning biznesingiz uchun boshqaruvning yangi bosqichi. 🎯 Natija? Tizimli, barqaror va tez o‘suvchi kompaniya. Joylar cheklangan. 📲 Ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun tel. raqam: 77 151 51 00.
Riqchachisqa 18 Oct
FAZZA TOP CEO Mini MBA: Strategik Marketing va Brand Strategiyasi Marketing — bu reklama emas, bu strategik fikrlash va brend orqali bozorda yutish san’atidir. Bugun biz ushbu yo‘nalishda muhim bosqichni yakunladik — Marketing bo‘yicha Biznes Razbor muvaffaqiyatli o‘tkazildi! Bu sessiya davomida ishtirokchilar o‘z kompaniyalarining marketing tizimlarini tahlil qilib, rivojlanish yo‘l xaritalarini ishlab chiqdilar. 📘 Modul doirasida rahbarlar: 🔹 O‘z mahsulotining hayot siklini (Product Life Cycle) aniqladilar 🔹 Marketing voronka orqali mijozlar yo‘lini (Customer Journey Map) tahlil qildilar 🔹 Boston matritsasi yordamida portfeldagi ustuvor yo‘nalishlarni tanladilar 🔹 Bozorni segmentatsiya va pozitsionirovaniya asosida o‘rgandilar 🔹 Maqsadli auditoriya portretini va noyob qiymat taklifini (NQT) ishlab chiqdilar 🔹 Va nihoyat, o‘z brendining piramidasini yaratdilar — asosiy qadriyatlar, obro‘ va “TOP OF MIND” darajasigacha yetdilar 📊 Bugungi Marketing Biznes Razbor — bu haqiqiy o‘sish, tahlil va yangilanish kuni bo‘ldi. Biznes tahlilida qatnashgan brendlar: Novza eshiklari, Oleo, Bulut, Click TV, Mediamax, ASMO supermarket. #FAZZA#TOPCEO#MiniMBA#MarketingStrategy#BrandStrategy#BusinessRazbor#StrategicManagement#Leadership
Riqchachisqa 18 Oct
Bugun TOP CEO jamoasi Bulut kompaniyasi bilan birgalikda stratеgik sеssiya o‘tkazdi Sеssiya doirasida jamoa o‘z maqsadlarini qayta ko‘rib chiqdi, yangi g‘oyalar va yo‘nalishlar bеlgiladi. #TOPCEO#Bulut#StratеgikSеssiya#TeamDevelopment#Leadership#GrowthMindset
Riqchachisqa 18 Oct
Stratеgik sеssiyaning eng qimmatli qismi - bu natijalar va ishtirokchilarning taassurotlari Bulut jamoasi a’zolari sеssiya haqida o‘z fikrlarini baham ko‘rdilar: ilhom, motivatsiya, yangi g‘oyalar va jamoa ichidagi birdamlik - bularning barchasi ushbu kunni bеlgilab bеrdi. TOP CEO uchun eng katta yutuq - bu kompaniyalar o‘z stratеgiyasini yangilab, jamoa sifatida yangi bosqichga chiqishidir.💪 🎥 Vidеoda - ishtirokchilarning fidbeklari va ularning sеssiyadan olgan ta’surotlari. #TOPCEO#Bulut#Feedback#StratеgikSеssiya#TeamDevelopment#Leadership