Willakuy ukhu
Avvalo, sizdan nima xohlayotganini biling Hammasi Requirements Gatheringʼdan boshlanadi. Savol judayam oddiy: nima qilish kerak oʻzi? Lekin shu savolga javobni bilmasangiz, har qanday kod befoyda boʻlishi mumkin. ❌ Koʻp yangilarning xatosi: Buyurtmachi bilan vazifani muhokama qilib olmasdan turib darrov kod yozishga kirishib ketadi, arxitekturasini tuzadi, dizayn chizadi... Buyurtmachi ham aslida nima xohlayotganini yaxshi bilmasligi mumkin. Bir keysni koʻrgandik. Tushunarlidek tuyuladi, lekin baribir savollarni toʻgʻri berish kerak: – roʻyxatdan oʻtishi kerakmi? – foydalanuvchi bittami yoki bir nechta? – maʼlumotlarni qanday saqlash kerak? – foydalanuvchi 3 kunlab javob bermasa, nima boʻladi? Bularning hammasi talablarni yigʻishning bir qismi. Buni qilmasangiz, bir dunyo vaqtni bekor ketkazasiz. 👉 Biz nafaqat kod yozishni, balki vazifalar ustida jiddiy ishlashni ham oʻrgatamiz. Qoʻshiling – loyihalarni aql bilan quring. #MoHereDev @mohirdev