TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kanal listaman kutiy
MohirDev.uz avatar

TGINSIGHT CHAT

MohirDev.uz

@mohirdev

Education

Oʻzbekistondagi 1-raqamli AyTi taʼlim lideri - 14 ta mahalliy va xalqaro ekspert - 39 ta dasturlashga oid kurs - 44 516 ta kurs oʻquvchisi 🌐https://mohir.dev/tel 📨@mohirdevsales_bot 📞 55 500 05 07

Qatiqkuna1.8万Kunan qatiqkuna
Qatisqa willakuykunap1,019Yupasqa willakuykunap
Kay p'unchaw chayasqa29,170Kay p'unchaw qhawasqakunap
Qhipan willakuykunap

Qhipan willakuykunap

Simi: #moheredev · 3 willakuy

当前筛选 #moheredev清除筛选

Riqchachisqa 21 Jul

🔭Loyiha boshlanmasdan oxirini ko‘ring Avvalgi postimizda talablarni yig‘ish (Requirements Gathering) orqali buyurtmachi xohishlarini aniqlashni o‘rgandik. Lekin bu qadamdan keyin kodni boshlab yuborish kerak emas. ✋ 🫴 Endi navbat yuqori darajadagi loyihalashga (High-Level Design)! Bu bosqichda asosiy savol: “Nimani qanday qilib quramiz?” Afsuski, ko‘p yangi boshlovchilar shu qadamlarni tashlab ketadi. 🔻 To‘g‘ridan to‘g‘ri kodga sho‘ng‘iydi. 🔻 UI/UX’ni yaratadi. 🔻 Bekendni boshlaydi. ❔ Lekin ko‘p savollar javobsiz qoladi: — Dastur qaysi ko‘rinishda bo‘ladi? (Mobil, kompyuter ilovasi, veb-saytmi?) — Qanday bo‘limlar bo‘ladi? — Ma’lumotlar qayerda saqlanadi? (Lokal, bulutda yoki API orqali?) — Qismlar bir-biri bilan qanday bog‘lanadi va ma’lumot almashadi? Bularga javob berib, yuqori darajadagi loyihalashni xaritaga aylantirish mumkin! Tasavvur qiling, uzoq yo‘lga chiqmoqchisiz. Kod yozish bu — mashinaga o‘tirib, yo‘lga chiqishingiz. Agar qo‘lingizda aniq xarita bo‘lmasa, qayerga borishni bilmay, adashib qolishingiz mumkin. Xarita yo‘lni qisqartiradi, vaqtingizni tejaydi va manzilga to‘g‘ri yetib borishingizni ta’minlaydi. 👉 Biz ham kod yozishdan avval fikrlashni, loyihangiz uchun mustahkam tuzilma qurishni o‘rgatamiz. Kuzatib boring. Dasturlarni professional ketma-ketlikda yarating. #MoHereDev @mohirdev

8,750 views

Hashtags

Riqchachisqa 7 Jul

Avvalo, sizdan nima xohlayotganini biling Hammasi Requirements Gatheringʼdan boshlanadi. Savol judayam oddiy: nima qilish kerak oʻzi? Lekin shu savolga javobni bilmasangiz, har qanday kod befoyda boʻlishi mumkin. ❌ Koʻp yangilarning xatosi: Buyurtmachi bilan vazifani muhokama qilib olmasdan turib darrov kod yozishga kirishib ketadi, arxitekturasini tuzadi, dizayn chizadi... Buyurtmachi ham aslida nima xohlayotganini yaxshi bilmasligi mumkin. Bir keysni koʻrgandik. Tushunarlidek tuyuladi, lekin baribir savollarni toʻgʻri berish kerak: – roʻyxatdan oʻtishi kerakmi? – foydalanuvchi bittami yoki bir nechta? – maʼlumotlarni qanday saqlash kerak? – foydalanuvchi 3 kunlab javob bermasa, nima boʻladi? Bularning hammasi talablarni yigʻishning bir qismi. Buni qilmasangiz, bir dunyo vaqtni bekor ketkazasiz. 👉 Biz nafaqat kod yozishni, balki vazifalar ustida jiddiy ishlashni ham oʻrgatamiz. Qoʻshiling – loyihalarni aql bilan quring. #MoHereDev @mohirdev

11,200 views

Hashtags

Riqchachisqa 3 Jul

👨‍💻 Faqat kod bilan ish bitmaydi Dastur yaratishni shunchaki o‘tirib, kod yozish deb o‘ylaysizmi? Demak, hali AyTida yangi ekansiz. Aslida har qanday jiddiy AyTi mahsulot koddan emas, puxta rejadan boshlanadi. Xuddi qurilishdagidek: 📝 avval loyihalashtirish; 🏢 keyin qurilish. Software Engineering bu – dasturiy muhandislik. Unda kod yozishdan tashqari ham bosqichlar ko‘p. Biz yangi rukn boshlayapmiz. Unda AyTi mahsulot yaratishning professional bosqichlarini birma-bir ulashib boramiz. Agar shunchaki kod yozishni emas, balki katta loyihalar qanday bajarilishini bilmoqchi bo‘lsangiz, kuzatib boring. 🍿 #MoHereDev @mohirdev

9,220 views

Hashtags