Willakuy ukhu
🔭Loyiha boshlanmasdan oxirini ko‘ring Avvalgi postimizda talablarni yig‘ish (Requirements Gathering) orqali buyurtmachi xohishlarini aniqlashni o‘rgandik. Lekin bu qadamdan keyin kodni boshlab yuborish kerak emas. ✋ 🫴 Endi navbat yuqori darajadagi loyihalashga (High-Level Design)! Bu bosqichda asosiy savol: “Nimani qanday qilib quramiz?” Afsuski, ko‘p yangi boshlovchilar shu qadamlarni tashlab ketadi. 🔻 To‘g‘ridan to‘g‘ri kodga sho‘ng‘iydi. 🔻 UI/UX’ni yaratadi. 🔻 Bekendni boshlaydi. ❔ Lekin ko‘p savollar javobsiz qoladi: — Dastur qaysi ko‘rinishda bo‘ladi? (Mobil, kompyuter ilovasi, veb-saytmi?) — Qanday bo‘limlar bo‘ladi? — Ma’lumotlar qayerda saqlanadi? (Lokal, bulutda yoki API orqali?) — Qismlar bir-biri bilan qanday bog‘lanadi va ma’lumot almashadi? Bularga javob berib, yuqori darajadagi loyihalashni xaritaga aylantirish mumkin! Tasavvur qiling, uzoq yo‘lga chiqmoqchisiz. Kod yozish bu — mashinaga o‘tirib, yo‘lga chiqishingiz. Agar qo‘lingizda aniq xarita bo‘lmasa, qayerga borishni bilmay, adashib qolishingiz mumkin. Xarita yo‘lni qisqartiradi, vaqtingizni tejaydi va manzilga to‘g‘ri yetib borishingizni ta’minlaydi. 👉 Biz ham kod yozishdan avval fikrlashni, loyihangiz uchun mustahkam tuzilma qurishni o‘rgatamiz. Kuzatib boring. Dasturlarni professional ketma-ketlikda yarating. #MoHereDev @mohirdev