Willakuy ukhu
Dialekt (sheva) — bu katta kamchilikmi? Menimcha, tilimizning rivojlanishiga dialekt jiddiy to'siq bo'lmoqda. Agar siz boshqa zamonaviy tillarga qarasangiz, odatda bunday muammo yuzaga kelmaydi. Siz ingliz tilida dialektlar bor deb aytishingiz mumkin, lekin ular dialektlar emas, balki sinonimlar va boshqa mintaqalarda chalkashliklarni keltirib chiqarmaydigan so'zlardir. Rus tilida ham regionlarga qarab farqlar bor, lekin bu ham dialektlar emas. O'zbek tilini o'rganayotgan bir koreyalik do'stim bor. U tez-tez mendan nima uchun bir xil so'z turli joylarda turlicha ekanligini so'raydi va men kulib, bilmayman deb javob beraman. Bu tilni o'rganishni ancha qiyinlashtiradi. Misol: yaqinda vodiylik odam bilan muloqotda u "opoqi" so'zini ishlatdi va men u "opa" (сестра/sister) so'zini mehrli tarzda aytgan deb tushundim. Ammo keyin u "bobo" so'zini nazarda tutganini aytdi va men ajablandim. Bir so'zning qancha variantlari borligini o'ylab ko'ring: "bobo", "doda", "opoqi", "katta ota", "babay" va boshqalar. Ushbu muammoni qanday hal qilish kerak? Men aniq javob berish uchun tilshunos emasman. IT sohasidagi tajribamga ko'ra, bu rivojlanishni sezilarli darajada cheklaydi. O'zbek tilida sifatli sistemalar yaratish uchun juda ko'p ish talab etiladi, misol uchun hali ham sifatli va aniq tarjima qiladigan mukammal tarjimon bot yo'q. Biz hech bo'lmaganda ona tilimizda to'g'ri yozishni boshlashimiz kerak.