TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
К списку каналов
Jinoyat protsessi avatar

TGINSIGHT CHAT

Jinoyat protsessi

@TSUL_CPL

Право

🇺🇿 TDYU Jinoyat-protsessual huquqi sho'basining rasmiy kanali 🇷🇺 Официальный канал сектора Уголовно-процессуального права ТГЮУ 🇬🇧 Official channel of the sector of Criminal procedure law 🗯For info: @Hazratali_Qudratillayev @Hazratali_uz @nodir7

Подписчики2,340Текущее число подписчиков
Постов1,017Проиндексировано постов
Охват17,070Просмотры последних постов
Последние посты

Последние посты

Стр. 41 из 85 · 1,017 постов

Опубликован 14 нояб.

♾ ♾ ♾⚖️👨‍💻👩‍💻💬 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿2024-yil 13-noyabr kuni Toshkent davlat yuridik Universiteti, Toshkent davlat yuridik universitetining talabalar va xodimlar huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan “Insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning muhim shartidir” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferentsiya tashkil etildi. 🖥🖥🖥Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsmn) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi, Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti va boshqalar vakillari ishtirok etdilar. 📝📝📝Uchrashuv davomida yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlikni rivojlantirish, talabalarning nazariy va amaliy tayyorgarligi oʼrtasida oʼzaro aloqani taʼminlash, ularda amaliy ishda zarur boʼlgan koʼnikmalarni shakllantirish, TDYU talabalarini Bolalar Ombudsmani faoliyatiga keng jalb etish boʼyicha hamkorlik masalalari muhokama etildi. 📁📁📁Ushbu respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi orqali ishtirokchilar Ombudsmanning vakolatlari va unga kelib tushayotgan murojaatlar, inson huquqlarining kafolatlanishi borasidagi xalqaro va milliy tajriba haqida ma`lumotlarga ega bo‘lishdi. Unda Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar akademiyasi, professorlari va amaliyotchi xodimlari tomonidan mazmunli ma’ruzalar tinglandi. Ma’ruzalar ushbu mavzuda doirasida ishtirokchilar tomonidan inson huquqlarini himoya qilish sohasida, bola manfaatlarini ta’minlash masalalari, inson huquq va erkinlarini ta’minlashda prokuror vakolatlarini ta’minlash, sudga qadar ish yuritishda jabrlanuvchining huquqlarini ta’minlash va Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini kafolatlash masalalari muhokama qilindi. 🗂🗂🗂Tadbir davomida ishtirokchilar o‘rtasida manfaatli fikr almashildi. Shuningdek, shu kabi uchrashuvlarni doimiy ravishda oʼtkazish taklifini bildirishdi. Tadbir natijalari bo‘yicha hamkorlikda qonunchilik bo‘shliqlarni bosqichma-bosqich rivojlantirish orqali takomillashtirish masalalariga oid qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. @TSUL_CPL

2,950 views

Опубликован 14 нояб.

Ayni damda Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi Xumora Maxmadiyarovaning yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining dastlabki ekspertizasi (kafedra muhokamasi) bo‘lib o‘tmoqda... @TSUL_CPL

1,510 views

Опубликован 13 нояб.

Шахс ушлаб турилганлиги, қамалганлиги ёки уй қамоғида турганлиги, лавозимидан четлаштирилганлиги, тиббий муассасага жойлаштирилганлиги ёки ҳукм қилинганлиги тўғрисидаги маълумотлар матбуотда эълон қилинган, радио, телевидение ёки бошқа оммавий ахборот воситалари орқали тарқатилган бўлса, реабилитация этилган шахснинг, у вафот этган бўлса, қариндошларининг, суд, прокурор, терговчининг ва суриштирувчининг талабига кўра тегишли оммавий ахборот воситалари унинг реабилитация этилганлиги тўғрисидабир ой ичида хабар беришлари шарт. 🔍 🔎 🔍 🖋 @Hazratali_uz

1,130 views

Опубликован 11 нояб.

🔥 🔥 🔥 Ayni damda Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Gulchehra To'laganova va HMQO Akademiyasi Surishtiruv va dastlabki tergov kafedrasi katta o’qituvchisi, ko’p yillar Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda rahbar lavozimlarda mehnat faoliyatini olib borgan, ko’p yillik tajribaga ega polkovnik Boboxonov Akramxon Aloxonovich ishtiroklarida Jinoiy odil sudlov fakulteti 4-kurs D potok talabalari uchun "Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash" moduli bo'yicha "Alohida toifadagi ishlarni yuritishda isbot qilish" mahorat darsi bo'lib o'tmoqda... @TSUL_CPL

1,420 views

Опубликован 8 нояб.

🟦🟦🟦🟦 👮‍♂️👮‍♂️👮‍♂️Кафиллар сонини суриштирувчи, терговчи, прокурор ёки суд белгилайди. Алоҳида ҳолларда юксак ишончга сазовор бўлган битта шахс ҳам кафил бўлиши мумкин. 🔐🔐🔐Айбланувчи, судланувчи олди олиниши учун шахсий кафиллик қўлланилган ҳаракатларни содир этган тақдирда, кафил қонунда белгиланган жавобгарликка тортилиши мумкин. @Hazratali_uz

1,380 views

Опубликован 7 нояб.

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥Assalomu aleykum. 2024-yil 9-noyabr kuni "Procedure" ilmiy to'garagining navbatdagi darsi bo'lib o'tadi. 🕰🕰🕰 10:00 🏘🏘🏘 2-bino 320-xona. 👨‍💻👨‍💻👨‍💻Shoxruxbek Sobirov - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti katta ilmiy xodimi 📝📝📝 Mavzu : Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash https://t.me/TSUL_procedure

1,170 views

Опубликован 7 нояб.

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 ⚡️⚡️⚡️2024-yil 7-noyabr kuni Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori Dilbar Suyunova va kafedra o'qituvchisi Sardor Zokirov tashabbuslari bilan "Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash" moduli bo'yicha Jinoiy odil sudlov fakulteti 4-kurs talabalari uchun mahorat darsi bo'lib o'tdi. 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿Mazkur mahorat darsida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar tezkor-qidiruv boshqarmasi podpolkovnigi Utambetov Abat Pulatovich ishtirok etib, talabalarga tezkor-qidiruv o'tkazishning o'ziga xos nazariy tushunchalarini yoritib berdi. @TSUL_CPL

1,440 views

Опубликован 7 нояб.

🔥 🔥 🔥 Ayni damda Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi Sarvar Muhammadiyevning yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining dastlabki ekspertizasi (kafedra muhokamasi) bo‘lib o‘tmoqda... @TSUL_CPL

1,380 views

Опубликован 6 нояб.

1️⃣ 2️⃣ 4️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣ 📺📺📺 Ҳуқуқни кино кўриш орқали билиб олиш бўйича фойдали ва қизиқарли контент олинмоқда. Навбатдаги видео эса жиноят процессидаги таниб олиш тергов ҳаракати ҳақида ва жуда қизиқарли контент чиқибди. 📱📱📱 Сизларга қуйидаги саҳифага обуна бўлишни тавсия қиламиз! https://www.instagram.com/reel/DB0625bIJ6c/?igsh=eXAxc2xtN2tkejln @Hazratali_uz

1,020 views

Опубликован 6 нояб.

🟦🟦🟦🟦 💲 💲 💲Гумон қилинувчи, айбланувчи, судланувчи ўз зиммасига олган мажбуриятларини бузган тақдирда гаров суд ажрими билан давлат мулкига ўтказилади ва гумон қилинувчига, айбланувчига, судланувчига нисбатан жиддийроқ эҳтиёт чораси қўлланилади. @Hazratali_uz

1,010 views

Опубликован 6 нояб.

🔥 🔥 🔥 Ayni damda Azizhon Po'latov ishtirokida Jinoiy odil sudlov fakulteti 3-kurs A potok talabalari uchun mahorat darsi bo'lib o'tmoqda... @TSUL_CPL

1,410 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••3940414243•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485