TGINSIGHT CHAT
Jinoyat protsessi
@TSUL_CPL
Право🇺🇿 TDYU Jinoyat-protsessual huquqi sho'basining rasmiy kanali 🇷🇺 Официальный канал сектора Уголовно-процессуального права ТГЮУ 🇬🇧 Official channel of the sector of Criminal procedure law 🗯For info: @Hazratali_Qudratillayev @Hazratali_uz @nodir7
Последние посты
Стр. 5 из 85 · 1,017 постов
📚⚖️ TDYU professori bilan davra suhbati! Bugun 20-fevral kuni Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat protsessual huquqi kafedrasining professori, yuridika fanlari doktori Suyunova Dilbar Joldasbaevna fakultetimizda tashkil etilgan "Yangi O‘zbekistonda yuridik ta’lim sifatini zamonaviy oshirish" mavzusidagi davra suhbatiga tashrif buyurdi. 📌Suhbat davomida Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakulteti Jinoyat huquqi, protsessi va kriminalistika kafedrasi professor-o’qituvchilari bilan birgalikda yuridik ta’lim jarayonini takomillashtirish, amaliyot va nazariya uyg‘unligini kuchaytirish, shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 🤝 Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, unda professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. 👩⚖️Shuningdek, professor yuridika fakulteti talabalari bilan samimiy muloqot o‘tkazdi, jinoyat huquqi sohasidagi zamonaviy yondashuvlar va amaliy tavsiyalar bilan bo‘lishdi. 💬 Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdi va real ish amaliyoti misollarida tushuntirish oldi. Shu orqali ular nazariy bilimlarini mustahkamlash va kelajakdagi professional faoliyatga tayyorgarlikni oshirdi. ✨ ⚖️ Professor Suyunova talabalarni huquqiy fikrlash va oqilona qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga undadi. 🌟 Uchrashuv ilmiy hamda amaliy ma’noda muhim bo‘lib, talabalarimizni kelajakdagi professional faoliyatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga ilhomlantirdi. #TDYU#YuridikaFakulteti#JinoyatHuquqi#IlmiyUchrashuv#TalabalarVaProfessor#Huquqshunoslik#KelajakMutaxassislari#Education#LawStudents
#Tayinlov Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining tegishli buyrug‘i bilan yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori AlishayevSobir Tursunboevich Jinoyat protsessual huquqi sho‘basi mudiri lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Sobir Tursunboevich Jinoyat protsessual huquqi sho‘basi dotsenti vazifasini bajaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. @hrtsul
Hashtags
Опубликован 18 февр.
📢📢📢Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra Koreya Respublikasi Iqtisodiy siyosat institutiga qarashli “Sharqiy Osiyo iqtisodiy sharhi” jurnali ma’muriyati 2026-yil uchun ilmiy maqolalarni qabul qilish jarayonini boshladi. 🪪🪪🪪“Sharqiy Osiyo iqtisodiy sharhi” xalqaro iqtisodiyot yo‘nalishida fanlararo tadqiqotlarga ixtisoslashgan va Koreya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan iqtisodiy tahlil markazi hamda mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan muntazam kuzatib boriladigan, dunyoning yetakchi ilmiy ma’lumotlar bazalariga (EconLit, ProQuest, SSRN, EconBiz, ESCI va b.) kiritilgan akademik jurnal. Jurnal har chorakda nashr etiladi va unda global nuqtai nazarlar, nazariy va empirik tadqiqotlar yoritiladi. 📝📝📝Qabul qilinadigan ilmiy maqolalar quyidagi mavzularni o‘z ichiga olishi, biroq bular bilan cheklanmasligi mumkin: ✅ savdo va xalqaro investitsiyalar; ✅ iqtisodiy integratsiya; ✅ mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik; ✅xalqaro moliya; ✅ xalqaro rivojlanish; ✅ Koreyani birlashtirish uchun xalqaro hamkorlik. 💻💻💻Maqola taqdim etish haqida ko‘rsatmalar jurnal veb-saytida batafsil keltirilgan (www.eaerweb.org). Jurnal mart, iyun, sentabr va dekabr oylarida nashr etiladi va maqolalar ko‘rib chiqish uchun davomiy tarzda qabul qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun jurnal tahririyati aloqa manzillari: tel.: +82-44-414-1213, elektron pochta: [email protected]. 📁📁📁Jurnalda chop etilgan har bir maqola uchun muallifga 2000 AQSh dollari miqdorida gonorar olish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, nominatsiya jarayonida tanlab olingan, e’tiborga molik maqolalar qo‘shimcha 4000 AQSh dollari miqdorida mukofotga sazovor bo‘lishi ham mumkin. “Sharqiy Osiyo iqtisodiy sharhi” mukofoti xalqaro iqtisodiyot mavzularini akademik soha va keng jamoatchilik orasida tushunishni rivojlantirishga namunali hissa qo‘shgan maqolalarga beriladi. @TSUL_CPL
Опубликован 17 февр.
📆📆📆Qamoqda va uy qamogʻida saqlab turish muddati: 3️⃣ oy; 5️⃣oy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga binoan) 7️⃣oy (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlarining iltimosnomasiga binoan). @Hazratali_uz
Опубликован 17 февр.
📢📢📢2026-yil 16-fevral kuniJinoyat-protsessual huquqi sho‘basi professori, yuridik fanlar doktori Dilbar Suyunovaning tashabbusi bilan Jinoiy odil sudlov fakulteti 3-kurs talabalari uchun Jinoyat-protsessual huquqi moduli bo‘yicha «Общие основания предварительного расследования» mavzusida Toshkent shahar prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, adliya maslahatchisi, Rasuljon Botir o‘g‘lining ishtirokida master-klass tashkil qilindi. 📚📚📚Dars jarayonida talabalar prokuraturaning mas’ul xodimi tomonidan amaliyot misollari asosida bayon etilgan ma’ruzasini e’tibor bilan eshitib qiziqarli savollariga javob oldi. @TSUL_CPL
#jinoyat_protsessi 1️⃣ 2️⃣ 4️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣ Jinoyat ishi bo'yicha protsessual hujjatlar (qaror va bayonnomalar) namunalari. t.me/Hazratali_uz
Hashtags
Опубликован 13 февр.
🚫🚫🚫 Sizdan “Jinoyat protsessida protsessual chiqimlar institutini tartibga soluvchi normalarni tergov va sud amaliyotida qo‘llash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mutaxassislar o‘rtasida o‘tkaziladigan anketa so‘rovi”da ishtirok etishingizni hurmat bilan so‘raymiz. 📈📈📈Mazkur anketa so‘rovida berilgan savollarga taqdim etiladigan javoblar jinoyat-protsessual qonunchilik normalarini amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq mavjud muammolarni aniqlash, ularni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda tergov va sud amaliyotini yanada takomillashtirishga qaratilgan asoslangan xulosalar ishlab chiqishga xizmat qiladi. 📖 📖 📖Sizning kasbiy tajribangiz, bilim va fikr-mulohazalaringiz ushbu tadqiqot uchun nihoyatda muhim bo‘lib, anketa natijalari ilmiy-amaliy tavsiyalar va takliflar tayyorlashda foydalaniladi. https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSe6PmTPGr4NexLu807aqeKBy7zaH_l191komMxEUYrE8EwBfg/viewform?usp=publish-editor @Hazratali_uz
Опубликован 12 февр.
Channel photo updated
Опубликован 5 февр.
Опубликован 5 февр.
Опубликован 5 февр.
🗳 Bugun — Toshkent davlat yuridik universiteti Professorlar kengashiga saylov kuni ____ 🗳 Сегодня — день выборов в Совет профессоров Ташкентского государственного юридического университета 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube
#Tugilgan_kun 📣Bugun Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani yu.f.d. professor Bazarova Dildora Baxadirovnaning tavallud topgan kunlari. 🎉Shu munosabat bilan ustozga sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, hayot yo'llarida muvaffaqiyat va farzandlarini rohatini ko'rib yurishlarini tilab qolamiz. ⚡️Yuzingizdan tabassum hech qachon tark etmasin! Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!
Hashtags