TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← ANOTHER DAY
ANOTHER DAY avatar

TGINSIGHT POST

Post #2252

@andanotherday

ANOTHER DAY

Просмотры388Количество просмотров
Опубликован28 нояб.28.11.2025, 10:16
Содержимое поста

Содержимое

Menga ingliz tilini yaxshilash bo‘yicha maslahat uchun tez-tez murojaat qilishadi. Men hech qachon ingliz tilini o‘qitmaganman va samarali usullarni bilmayman, ammo o‘zimga yordam beradigan kundalik odatlarni tavsiya qila olaman. Badiiy adabiyotning ingliz tiliga tarjimalarini va original matnini bir vaqtda o‘qish Matnni ingliz va o‘zbek (yoki rus) tillarida oching-da, har bir jumlani avval bir tilda, so‘ng boshqasida o‘qing. To‘g‘risini aytsam, juda ko‘p vaqt sarflanyapti, lekin o‘qilgan sahifalar soni emas, matnga qanchalik chuqur kirib borilgani muhim. Bu usul menga fikrni yaxshiroq tushunishga, gap tuzilish qoliplarini ko‘rishga, shuningdek, ikki tildagi so‘zlarning nozik ma’nolarini ilg‘ashga yordam beradi. Har kunni ingliz tilidagi yangiliklar tinglash bilan boshlang Dastlab bu samarasiz usul bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo uzoq muddatda u juda katta foyda beradi. Odatda jurnalistlar, ayniqsa televidenie va radio sohasidagilar, boy so‘z boyligiga ega bo‘ladilar. Diqqat bilan quloq solsangiz, til ohangi, intonatsiyasi, urg‘ulari, so‘z birikmalari va eng muhimi - to‘g‘ri talaffuzni his qilishingiz mumkin. Bu O‘zbekistonda katta muammo hisoblanadi. Aytgancha, "politics" so‘zi "polItIcs" emas, balki "pOlitics" ("O" harfiga urg‘u berib) deb talaffuz qilinishini bilarmidingiz? Podkastlarni Google Podcasts yoki Apple Podcasts orqali tinglashingiz mumkin. Yoki YouTubeda ham topishingiz mumkin. Yangi so‘zlarni ishlatilishiga doir misollar bilan alohida daftarga yozib borish Ha, yangi so‘zlarning qo‘llanilishini internetdan topish mumkin, lekin ular xotirada qolarmikan? Daftarga yozilgan so‘zlar siyoh orqali xotiramizga muhrlanadi. Albatta, ularni o‘z nutqingizda ishlatishga intiling. Ingliz tilidagi filmlarni subtitrlarsis tomosha qilish, keyin esa ularni tarjima variantida qayta ko‘rish. Faqat darhol emas. Va subtitrlarsis tomosha qilish kerak. Hatto hech narsani tushunmasangiz ham. Asl maqsad shuki - avvaliga tushunmaslik, keyin esa so‘zlarni ilg‘ab olish. Filmlarni asl nusxadan so‘ng tarjima variantida qayta ko‘rish - bu Pac-Man o‘yinini o‘ynashga o‘xshaydi. So‘zlarni va ularning ma’nosini ilg‘ab olish har doim qiziqarli jarayon. Ha, bu taktikalarning barchasi innovatsion emas va zamonaviy o‘yin usullarini o‘z ichiga olmaydi. Aytganday, o‘yin usullari hammaga ham mos kelavermaydi. Tavsiyalarim foydali bo‘lishiga umid qilaman. Siz qanday texnikalardan foydalanasiz? @andanotherday