TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← ANOTHER DAY
ANOTHER DAY avatar

TGINSIGHT POST

Post #2314

@andanotherday

ANOTHER DAY

Просмотры508Количество просмотров
Опубликован12 мар.12.03.2026, 05:54
Содержимое поста

Содержимое

Hurmatli Toshkent haydovchilari, men quyidagilarga majbur emasman: — Orqamdan 75-80 km/soat tezlik bilan uchib kelayotgan bo‘lsangiz va chiroqlaringizni o‘chirib-o‘chirib tursangiz, sizga yo‘l berishga. Aslida shaharda 60 km/soat tezlikda yurish tavsiya etiladi; — Faqat o‘ngga yoki chapga burilish mumkin bo‘lgan joylarda sizga yo‘l berishga. Ayniqsa, oldinda turgan mashinalarni quvib o‘tish uchun ataylab shu qatorga turib olgan bo‘lsangiz. Asfaltga chizilgan bir rasm bor, uni xalq "razmetka" deb ataydi; — Ikki mashina orasidagi dahshatli tirbandlikka suqilib kirayotganingizda sizga yo‘l berishga. Eslatib o‘taman: Toshkent yo‘llarida sizdan boshqa haydovchilar ham bor; — “Avariyka”ni yoqib, ko‘z qisib qo‘yganingiz uchungina barcha “jasoratli” harakatlaringizni kechirish va tushunishga. Xavfsiz harakat va yaxshi yo‘llarni istaysizmi? Unda o‘zingizdan boshlang va qing‘ir g‘ildirakli haydovchi bo‘lishni bas qiling. @andanotherday