#Masallar#Efsaneler#Folklor#Kotsyubinskiy#Brizgal
Qırımtatar masalları ve legendaları / Tekstlerni Y.P. Brizgalnın yolbaşçılığı altında Alupka muzeyinin folklor brigadası yazdı. Tekstni basmağa hazırlağan ve kiriş maqalesini yazğan S.D. Kotsübinskiy. Aqmescit, 1936.
🍀Сказки и легенды татар Крыма. Тексты записаны фольклорной бригадой Алупкинского музея под руководством Я.П. Бирзгал. Подготовка текста к печати и вступительная статья
С.Д. Коцюбинского.
#Masallar#Efsaneler#Folklor#Kotsyubinskiy#Brizgal
Qırımtatar masalları ve legendaları / Tekstlerni Y.P. Brizgalnın yolbaşçılığı altında Alupka muzeyinin folklor brigadası yazdı. Tekstni basmağa hazırlağan ve kiriş maqalesini yazğan S.D. Kotsübinskiy. Aqmescit, 1936.
🍀Сказки и легенды татар Крыма. Тексты записаны фольклорной бригадой Алупкинского музея под руководством Я.П. Бирзгал. Подготовка текста к печати и вступительная статья
С.Д. Коцюбинского.
#sana#folklor#adabiyot#tarix
2025-yil 21-dekabr Yerning shimoliy yarimsharida eng qisqa kun va eng uzun tun kuzatildi.
Bu qanday sodir bo‘ladi? Yerning o‘qi 23,5 darajaga qiyshaygani sababli Quyosh nurlari shimoliy yarimsharga kamroq vaqt tushadi.
Agar sayyoramiz harakatida mana shu qiyalik bo‘lmaganida Quyosh yil davomida to‘g‘ridan to‘g‘ri ekvatorga nur sochar edi. Natijada fasllar almashinuvi yuz bermasdi.
Ko‘hna madaniyatlarning qariyb barchasida qishki quyosh turishi – eng uzun tun alohida marosim qilingan. Christmas (Рождество, Noel) va Yangi yil bayrami ildizlari ham shunga boradi.
Bizda "Yaldo kechasi" iborasi mashhur bo‘lib, asli bu so‘z suryoniy tilida "tug‘ilish" ma’nosini beradi. Turkiylar orasida asosan fors adabiyoti ta’sirida ommalashgan bo‘lsa kerak.
Turkiy xalqlar qadimdan qishki quyosh turishini "kunning tug‘ilishi" sifatida nishonlab kelgan. Ota-bobolarimiz taqvimida 21-dekabrdan to‘qson (qish) kirgan.
Nega to‘qson? Chunki qahraton shuncha kun davom etib, so‘ng bahor keladi. To‘qson kirsa, to‘rg‘ay odimicha kun uzayar, degan maqol bor. "Quyoshning tug‘ilishi" deyilganda ayni shu tabiat hodisasi – kunning uzayib borishi nazarda tutilgan. (Nardugan, Nartuken, Nartavan, Nardava, Nardvan, Gundoʻgʻan haqida avval batafsilroq yozganman.)
"Рождество" (ruscha), "Noel" (fransuzcha) ham "tug‘ilish" ma’nosini beradi. Xristianlar bunda Iso alayhissalomning tavalludini bayram qilgan.
Ammo unga qadar ming yillar davomida ushbu sana Yer sayyorasining shimoliy yarimshariga tarqalgan barcha madaniyatlarda quyosh (ilohlari)ning tug‘ilgan kuni deb bilingan.
Eng uzun tunda oila a’zolari, qarindosh-urug‘lar uxlamasdan, gulxan atrofida yig‘ilib xursandchilik qilgan. Tun va kun (qorong‘ilik va yorug‘lik, yovuzlik va ezgulik) bahsida yaxshilikning qo‘li baland kelishi uchun turli marosimlar uyushtirilgan. Masalan, quyoshga madad berish uchun alqangan, madh etilgan.
Yaldo kechasi har qancha uzun bo‘lmasin, baribir tong otadi. Zulmat qa’rida bir qatim nur tug‘iladi. Ona batnidagi homila kabi rivojlanib, kuchga to‘lib boradi va Navro‘z – Yilboshida yuzaga chiqadi.
Ramziy ma’noda ayni bugun taqdimoti o‘tkazilgan "Yaldo kechasi" romani (Xayriddin Sulton) xalqimiz tarixidagi og‘ir asr haqida hikoya qiladi. Shukrki, zulmat yillarida ham millat chirog‘ini o‘chirmasdan asrab-avaylab, istiqlolga yetkazib kelgan ziyolilarimiz bor.
🗄Farrux Jabborbek