Содержимое
📚JEROM SELINJER - "JAVDARZORDAGI XALOSKOR" O'smirlik davringiz yodingizdami? O'smirlik paytdagi xarakteringizni eslay olasizmi😊 O'tish davrida har birimiz ajoyib xarakterimiz bilan ajralib turganmiz. Bu davrda kimlardir isyonkor bo'lgan bo'lsa, kimlardir og'ir-bosiq, va yana kimlardir jizzaki bo'lib qoladi. Asar bosh qahramoni Holdenda barchasi mujassam. U asar davomida o'zining isyonkorligini ham, ko'ngli bo'shligini ham, mehribon akaligi va yaxshigina kitobxonligini namoyon qilgan. Asarni o'qish davomida beixtiyor o'smirlik davringizga qaytgandek bo'lasiz. Mening ham o'smirlik paytidagi isyonkor xarakterimni yodimga tushirdi) Kitobni juda yengil o'qiysiz. Chunki asar 16 yoshli bola tomonidan aytilgan gaplar asosida yozilgani uchun kuchli badiiy tasvirlar, iqtiboslar ham deyarli uchramaydi. Juda oddiy tilda tasvirlanadi. Asar bekorga ayrim yillari senzuraga uchrab, maktab darsliklaridan olib tashlanmagan. Sababi asarda o'smir bola tilidan ayrim qochirmalar, behayo so'zlar aytilgan. Lekin baribir o'smir yigitlarning hayollarini ochiqcha ko'rsatib berilganligi bilan noodatiy asar. Asarni o'qish davomida bu yigitchaning ayrim so'zlaridan labingizga tabassum keladi, yana ayrim joylarida unga rahmingiz keladi. Albatta bu o'smir yigitchani tushunish uchun unga o'xshab fikrlash, o'ylash kerak. Shunda sizning o'zmirlik paytingizdagi ayrim jihatlar bilan o'xshashligini ko'rasiz. Tavsiya qilgan bo'lardim: 1. Noodatiy, yengil o'qiladigan asarlarni o'qishni sog'inganlarga. 2. O'smirlar psihologiyasiga qiziquvchilarga. 3. O'smirlik davriga qisqa muddatga qaytishni xohlaganlarga. Tavsiya qilmayman: 1. O'qigan kitoblarimning "yuki" bo'lishi kerak deydigan kitobxonlarga. 2.Asardan tinmay iqtibos qidiradigan kitobxonlarga. 3.Kuchli ma'naviyatchilarga. "Javdarzordagi xaloskor" o'smirlar tarbiyasi qanchalik muhimligini, bolalarning dunyosi qanchalik sof va beg'ubor ekanligini yana bir bor eslatadigan asar ekan. Dildora Karimova 👉@kitoblog👈