Содержимое
— Politsiyachilar deganingiz kimlar? — so'radi Selyodochka. — Qaroqchilar! - dedi Kolosok g'azablanib. — Rost gap, qaroqchilar! Aslida politsiyachilarning vazifasi aholini o'g'ri va qaroqchilardan himoya qilish, lekin ular faqat boylarnigina himoya qilishadi. Boylarning o'zlari esa haqiqiy qaroqchilar. Faqat ular bizni o'zlari o'ylab topadigan qonunlar orqasiga yashiringan holda o'marishadi. Endi menga ayting, meni qonuniy yo'l bilan o'marishdimi, qonunga zid ravishdami — menga nima farqi bor? Menga baribir! — Sizlarda hammasi qandaydir g'alati ekan! — dedi Vintik. — Nega unda sizlar politsiyachilarga va... kim deb atardingizlar... boylarga quloq solasizlar? — Quloq solmay ham bir ko'ring. Hammasi ularning qo'lida: yerlar, fabrikalar, pullar, bular ham yetmagandek — qurollar! "Bilmasvoy Oyda", Nikolay Nosov, 1964-yil. @Bookerberg