Содержимое
Shovqin Tasir-tusur, qasir-qusur, Idish-tovoq, idish-tovoq. Bu dunyoda kim bequsur, Idish-tovoq, idish-tovoq. Sen qiz bo‘lib tug‘ildingmi, Endi bu yo‘l Borsa kelmas, yolg‘izoyoq. Tilingni tiy, ishlasin qo‘l, Idish-tovoq, idish-tovoq. Sheʼrlaringda mantiq yo‘qdir, Ohangi ham buzilganroq. Asli umr mag‘zi nedir Idish-tovoq, idish-tovoq. Va o‘zingga berkin, qamal, Egiz-egiz qo‘rquvlar tug‘. Davom etar hayot yana, Sharaq-shuruq, taraq-turuq. Tasavvuring quroq-quroq, Niyat mayda, duo mayda. Sig‘inganing idish-tovoq Ichingdagi Xudo mayda. Ilm yo‘lin tutmasang gar Bitmas xorlik, sargardonlik. Nainki keng oshxonalar Koinot ham qilar torlik. Sen kim – Turkiston onasi, Turma g‘arib ham sarg‘arib. Baralla ayt dilrozingni Aslo idish-tovoq sasi Bosib ketmas ovozingni. Chin ayolga evril, elan, Ko‘ngil uyin etma g‘orat. Yaratganning izni bilan Sen dunyoni qayta yarat! Taraq-turuq, taraq-turuq... ✍️Mehrinoz @abbosova_mehriniz