TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxon kundaligi
Kitobxon kundaligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1095

@kitoblog

Kitobxon kundaligi

Просмотры1,510Количество просмотров
Опубликован18 мар.18.03.2021, 03:43
Содержимое поста

Содержимое

​​#менинг_тавсиям ➖1. Qaysi kitobni tavsiya qilasiz va kitobdan o‘zingiz qanday foyda olgansiz? Fyodor Dostoyevskiyning "Aka-uka Karamazovlar"ini. Juda ko‘p savollarim va ikkilanishlarimni barham qilgan. Qutqargan. Sevdirgan. Xudo bo‘yicha fikrimni sobitlagan. E‘tiqodimni kuchaytirgan. Siyosatlar haqidagi yoziqlar bilan hayratlantirgan. Muhabbat va samimiyligimni qadrlagan. Soxta erkinlikka fikrlarimni qo‘llab-quvvatlagan. Kitobni 1-qismi qismlab chiqqanida, Dostoyevskiy muxlislari bilan uchrashgan. O‘sha uchrashuvda muxlislar quyidagicha aytishgan, aytib o‘tish kerakki, men ham shunday so‘zlayman: (bularni Dostoyevskiy o‘z xotinidagi maktubida yozgan) : - Siz bizning xaloskorimizsiz, “Karamazovlar”ni o‘qir ekanmiz, siz bizni yaxshiroq qilib qo‘ydingiz… ➖2. Kitobni kimlar, qaysi guruh (talabalar, ayollar yoki nimagadir qiziquvchilar...) o‘qib chiqishi lozim deb o‘ylaysiz va nega? Kitobni har bir odam bolasi o‘qishi kerak deb o‘ylayman. Hayotdagi hamma eng muhim va asosiy narsalar mujassam "Karamazovlar"da. Buni kechiktirmaslik lozim. Qayta-qayta bu bag‘ishlovni o‘pmoq shart! ➖3. Kitobdagi sizga yoqqan biron fikr, iqtibos yoki parcha? Hozir har bir kimsa o‘z qiyofasini hammadan ortiq ajratishga intilyapti, o‘zida hayotning butun to‘laligini his qilmoqchi, holbuki, uning barcha urinishlari pirovardida hayotning butun to‘laligiga erishish emas, faqat o‘z-o‘zini o‘ldirishgagina qolyapti, zero, o‘z borliqlarini to‘laligicha aniqlab olish o‘rniga mutlaq ajralishga mahkum bo‘lmoqdalar. Bizning asrimizda bari yakka bo‘lib ajralishdi, hammasi o‘z uyasida xoli bo‘lishdi, har biri boshqasidan ajraladi, yashirinadi, mol-mulkini berkitadi va oxirida o‘zi odamlardan qochadi ham odamlarni o‘zidan qochiradi. U tanho boylik yig‘ib, shunday o‘ylaydi: men endi juda qudratliman, hammadan ko‘proq ta’minlanganman, ammo bu telba bilmaydiki, qancha ko‘p yig‘sa, shuncha o‘z-o‘zini halok qilishga yaqinlashadi va ojiz tortadi. Zero, faqat o‘ziga ishonishga odatlandi, butundan yakkalanib ajralib chiqdi, o‘zini boshqalarning yordamidan umidvor bo‘lmaslikka o‘rgatdi, u odamlarga, insoniyatga ishonmaydi va faqat topgan pullarim nest-nobud bo‘ladi, haq-huquqlarim toptaladi deb qayg‘uradi. Erkinjonov Samandar 👉@kitoblog👈