TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxon kundaligi
Kitobxon kundaligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1100

@kitoblog

Kitobxon kundaligi

Просмотры1,850Количество просмотров
Опубликован19 мар.19.03.2021, 05:01
Содержимое поста

Содержимое

​​#менинг_тавсиям 1) Tavsiya qiladigan kitobim Mark Mensonning ''Hammasi rasvo'' kitobi. Nomidanoq kitobxonni o'ziga jalb qiladigan bu kitob umid haqida. Psixologiyaga qiziqganim sababli menga kitob juda ham yoqdi, inson miyasidagi tartibsizliklar haqida ajoyib faktlar kashf qildim. Masalan, ​​arzimas, ahamiyatsiz muammolar va sabablarga shunchalik ko‘p kuch sarflaganimiz, pushaymon yoki xijolatga sabab bo‘ladigan azoblar - yaxshilik belgisi, ya'ni ular o‘sishni anglatishini va bu bizning umidlarimizga yaqinlashayotganimizni anglatishini tushunib yetdim. 2) Umuman olganda, bu kitobni barcha uchun tavsiya qilgan bo'lardim. Shu o'rinda, ko'proq bu kitobni maktab o'quvchilari va talabalar o'qishi kerak deb hisoblayman. Chunki bu asar o'quvchi kelajagiga, uning orzulariga erishishiga qaysidir ma'noda umid bera oladi. Va shu bilan birgalikda, bizni qurshab turgan olam, turli muammolar va tushkunliklarga boshqacha rakursdan qarashni o'rgatadi. 3) ​​Men dunyoning bir burchagida millionlab yulduzlarga boqar ekanman, dunyo mensiz ham davom etishiga ishonchim komil. Ammo bu osmon ostida, uyimda va yaqinlarim bilan miriqib kulib o'tirib, dunyoning ostun-ustun bo'lishi bilan mening bir tiyinlik ishim yo'q. Men yulduzlari ko'p osmon ostida baxtiyorman... Qolgan hammasiga tupurdim. Madinabonu 👉@kitoblog👈