TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxon kundaligi
Kitobxon kundaligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1101

@kitoblog

Kitobxon kundaligi

Просмотры2,460Количество просмотров
Опубликован19 мар.19.03.2021, 10:53
Содержимое поста

Содержимое

​​#менинг_тавсиям 🔷️Qaysi kitobni tavsiya qilasiz va kitobdan o'zingiz qanday foyda olgansiz? Robin Sharmaning "O'lsang kim yig'laydi" kitobini tavsiya qilaman. Bu kitob sevimli kitoblarim ro'yxatidan joy olgan va tushinib yetganmanki, insoniyat boshiga muqarrar o'lim kelmasidan avval ko'p narsalarga ulgurishim kerakligini, mutolaa vaqtida taxminan 15 yoshlarda edim o'yin-kulguga berilgan vaqtim edi, shu kitob orqali hamma narsa o'tkinchi ekanligini, biz sinov uchun yashayotganimizni, va agar o'lsam qabrim boshida 3 yoki 4 ta odam yig'lashini tushinib yetdim. 🔷️Kitobni kimlar, qaysi guruh (talabalar, ayollar yoki nimagadur qiziquvchilar...)o'qib chiqishi lozim deb o'ylaysiz va nega? Bu kitobni hamma yoshdagilar o'qishi lozim deb bilaman. Birinchi o'rinda bu kitob hamma yosh vakilarini o'zliklarini anglashga, nima uchun yashayotganliklari, ya'ni hayotdagi missiyalarini va shuningdek bularni amalga oshirish uchun qisqa, lo'nda metodlar yozilgan. 🔷️Kitobdagi sizga yoqqan biron fikr, iqtibos yoki parcha? Hali bola paytimda otam aytgan bir oʻgitni umr boʻyi yodimdan chiqarmayman: - Oʻgʻlim, sen tugʻilganingda yigʻlagan eding, dunyo esa shod-xurram edi. Shunday yashaginki, vafot etayotganingda dunyo yigʻlasin, sen esa shod-xurram boʻl. Mehr bu - shunchaki ushbu sayyorada egallagan o'rnimiz uchun to'lashimiz kerak bo'lgan Ijara haqqidir. Aziza Abdug‘aniyeva 👉@kitoblog👈