Содержимое
Abdurauf Fitrat tomonidan 1914-yilda yozilgan “Oila” asaridan iqtibos: "Mamlakatimizdagi xotinlar har daqiqada qanchadan-qancha tahqir va jafolarga duchor bo‘lib yashamoqdalar. Biz, turkistonliklar, o‘z xotinlarimizni odamiyat doirasidan tashqarisida deb o‘ylaymiz va u bechoralarga odamga qilgandek muomala qilmaymiz. Ko‘p holatda, hayvonlarning holiga yuragimiz achishadi. Ammo ayollarning parishon hollariga muruvvatimiz yetmaydi. Xotinlarimizni marhamatga sazovor, insofga loyiq va shafqatga haqli deb bilmaymiz. Bizda xotinlarni so‘kish faxr va g‘urur sanaladi, urib mayib qilishni esa erkakchilikning fazilati deb bilamiz. Olloh ayolni faqat shahvoniy orzularimiz va hayvoniy ehtiroslarimizni bosish uchun yaratgan deb o‘ylaymiz... Ular haqiqatda ham bashariyat fazilatlarining aksaridan mahrum qolganlar. Saodat mayli va taraqqiy orzusi ularning qalbidan tamoman chiqqan. Shijoat va jasorat batamom yo‘q bo‘lib, tabiatlaridan tanballik va zaiflik joy olgan. Izzat talabi, sharaf hifzi, huquqlarini himoya etish fikrlarini tushuntirib berganda ham tushunmaydilar. Muhokima, taamim tafakkurni batamom tark qilib bir mashinaga o‘xshab erlarining ishoratiga tobe bo‘lib qolganlar. Xulosa qilib aytganda, baxtsizligimiz va qoloqligimizning eng muhim sabablari ham shundadir". Hozir 2021-yil. Birmuncha oldinga siljidik, ammo Fitrat tasvirlagan davrdan ancha o'zgardimi yoki yo'qmi, nima deb o'ylaysiz? @panda_books