TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxon kundaligi
Kitobxon kundaligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1161

@kitoblog

Kitobxon kundaligi

Просмотры1,240Количество просмотров
Опубликован17 мая17.05.2021, 18:29
Содержимое поста

Содержимое

​​Individualizm va kitoblar Bookblogerlar orasida mutolaa uchun kitob tanlashda o'ziga xosligi bilan ajralib turuvchilar bor. Ular qatorida birinchilardan, albatta, Mahin, Bookworm, Panda Booksni sanab o'tgan bo'lar edim. Qandaydir individualizm bor. Xarakter va qiziqishlar darajasidagi individualizm. Aslida har bir kitobxonning kitob tanlashga yondashuvi o'zgacha... Shunday bo'lsa-da ko'pchilikda "butun xalq o'qiyotgan" kitobni o'qish, unga qiziqish xususiyati bor. Bu kabi kitobxonlarga, afsuslar bo'lsin-ki, qandaydir kitobni maslahat berishga o'ylanib qolaman. E'tibor qilib qarasangiz, har birimizning o'qigan yoki o'qiyotgan kitoblarimizdan xulosa chiqarib, bizning hayotimizni "portretlash" mumkin. Masalan, Bookwormning iqtisodiyot bo'yicha kitoblarga qiziqishi ortganini ko'rib, unga 2008-yilda yuz bergan ipoteka bozori inqirozidan so'ng Uilyam Bernstayn tomonidan yozilgan "The Investor's Manifesto" ("Манифест инвестора" — ruschada) kitobini tavsiya qilgingiz keladi. Mahinning kitob tanlash "vkusi" haqida esa juda uzoq vaqt gapirish mumkin. Ba'zida o'zim ham qaysidir kitoblarni unda birinchi ko'rib, ularga qiziqib qolganman. Bundan tashqari, Kitobxon kundaligi, Kitobookniga, Kitobxo'r adminlari o'qiyotgan kitoblarni ham alohida tasniflash mumkin. Shu qatorda boshqa jihati bilan hayron qoldiradigan kitobxonlar ham bor. Masalan, ba'zan o'zbek tilida chop etilgan kitoblar orasida Tavsiya.uz kanali admini Elbek aka o'qimagani bormi deb o'ylab qolaman. Lekin kimnidir baholashda yoki uning maqsadlari, xarakteri haqida xulosaga kelish uchun u insonning kitoblar kolleksiyasiga e'tibor qaratish kifoya qiladi. Faqat... hozir yozganlarimdan "meni o'qishda" foydalanmang! 😂 @Bookerberg