TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxon kundaligi
Kitobxon kundaligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1238

@kitoblog

Kitobxon kundaligi

Просмотры1,140Количество просмотров
Опубликован5 авг.05.08.2021, 11:11
Содержимое поста

Содержимое

Bir kunda necha bet kitob o‘qisam ekan yoki bir yilda nechta kitob o‘qisam ekan deb o‘ylanayotganlarga Agar bir yilda haftasiga bittadan qilib 52 ta kitobni o‘qisangiz, bu narsa hayotingizni yaxshi tomonga abadul-abad o‘zgartirib yuborishiga sababchi bo‘lgan diqqatga sazovor voqea bo‘ladi. Kitob o‘qish haqida gapirganimda sonni obrazli ma’noda tilga oldim aslida. Chunki sizning yaxshi kitobxon ekaningiz qanchalik ko‘p kitob o‘qishingiz bilan emas, balki o‘qigan kitoblaringizning mag‘zini chaqa olishingiz va o‘rgangan narsalaringizni hayotingizga tatbiq qilishingiz bilan aniqlanadi. Shunday qilib, agar siz muntazam ravishda har kuni kitob o‘qisangiz, o‘qigan kitoblaringizning soni kam bo‘lishi muammo emas, eng muhimi o‘qiyotgan kitoblaringizning har bir satrini to‘g‘ri tushuna olishingizdir. Kitob o‘qishdan zavqlaning. Har kuni muntazam kitob o‘qing. Xohlaganingizcha kitob o‘qing. Kitob soniga ahamiyat bermang. Kitobning ma’nosiga chuqur tushuning, avtor nima demoqchi ekanini biling. Kitobdan olayotgan har kunlik yangi bilimlar hayotingizni o‘zgartirayotganiga va sizga zavq berayotganiga ahamiyat qiling.