TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
Содержимое поста
Содержимое
Kanalimning nomiga sodiq qolgan holda navbatdagi kuzatuvim: O’zbekistonda kutubxonalarning (+axborot resurs markazlari) soni: 2000 yilda: 6027 dona 2020 yilda: 400 dona Bulardan, shaharlarda: 2000 yilda: 1013 dona 2020 yilda: 361 dona qishloqlarda: 2000 yilda: 5014 dona 2020 yilda: 39 dona (!!) Ya’ni, 20 yilda kutubxonalarimizning soni 93%ga(!) qisqargan. Bundan xulosani o’zingiz qilavering. Kutubxona bu faqatgina kitoblar saqlanadigan, va faqat o’sha kitoblarni o’qish uchun boriladigan oddiy bino emas. Ular hatto faqat bilim olinadigan joy ham emas. Fuqarolik jamiyati rivojlanishida, kutubxonalarning, ayniqsa jamoat kutubxonalarning o'rni beqiyos. Raqamlar Davlat statistika qo’mitasidan. @uzbekonomics