Содержимое
Kitobxonlar klubi ochilishini kutyapsizmi? Ertaga boshlaymiz💫 Aʼzo boʻlishingiz uchun nima qilishingiz kerak: Erix Frommning "Ozodlikdan qochish" kitobi (istalgan tilda boʻlishi mumkin) bilan birga suratga tushasiz va @ps_sarvinoz_omonova akkauntimga yuborasiz. Rasmingizni mendan boshqa hech kim koʻrmaydi. Agar kitobni elektron koʻrinishda oʻqimoqchi boʻlsangiz, oʻzimga yozing va nima qilishni aytaman. Uzundan-uzoq va bir nechta uzuq-yuluq smslar yozmasligingizni soʻrab qolaman. "Salom, kitobxonlar klubiga aʼzo boʻlmoqchiman. Ismim — ... " deb yozsangiz va suratingizni yuborsangiz yetarli. 2-noyabrdan 10-noyabrgacha aʼzo boʻlish niyatida murojaat qilishingiz mumkin. "Ozodlikdan qochish" kitobi borasida suhbatlar yozuv koʻrinishida ham, audio va video-muloqot koʻrinishida ham boʻladi. Klub va mutolaa jarayoni haqida guruhga aʼzo qilingach, yana kengroq tanishasiz.