TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxon kundaligi
Kitobxon kundaligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1406

@kitoblog

Kitobxon kundaligi

Просмотры1,570Количество просмотров
Опубликован30 нояб.30.11.2021, 15:52
Содержимое поста

Содержимое

Kitoblar narxi oshishi sabablari haqida. Oshyapti. Faqat kitob emas, hamma narsa oshyapti. Shunchaki kitobniki anchadan beri sezilarli oshmagan edi. Kuzatuvimcha 2016 yildan beri (o'rtacha 250-300 betli, 10ming so'm, ulgurji narx) kitoblarning o'rtacha narxi 4-5 barobarga oshgan. 5 yilda 4 barobar! So'nggi 1 yilda esa 15mingdan 30minggacha ko'tarilgan. Bunga asosiy sabab muttasil o'sib borayotgan inflatsiya, qog'oz narxining oshishi (shu yil to'xtovsiz va tez-tez oshib boryapti) va QQS solig'i. Yana boshqa iqtisodiy sabablari bordir, bunisini men bilmayman. Kitoblar narxi xususiy nashriyotlar va tadbirkorlar tomonidan sun'iy oshirilyapti yoki ko'proq foyda qo'yilyapti desak, bunga so'nggi paytlarda davlat nashriyotlarida chiqayotgan kitoblar narxlari ham oshgani bu fikr to'g'ri emasligini tasdiqlaydi. Lekin narx tanlash tadbirkorga qolib ketgan holatlar ham yo'q deb bo'lmaydi. "Yangi asr avlodi" nashriyotida ishlarida qatnashganim uchun shu nashriyotning kitoblari narxlariga javob berishim mumkin. Bizda biror kitob sotilish jihatidan "uchar"ligi aniq bo'lsa ham keskin baland narx qo'yilmaydi. Bizda oylik-maosh ham ko'p emas, shuning uchun maoshingizga kitob narxini bo'lsangiz sanoqli kitob ola bilasiz va bu qimmat tuyiladi. Yana bir jihat: asosiy xomashyosi (ofset, oq qog'oz) chet eldan kiradigan boshqa biror bir sohani solishtirib ko'ring. Shunda ham kitoblar narxi u soha maxsulotlaridan ancha arzon. Kitob ichida yurganim, bilganlarimdan yozdim. IMHO (c) У. Рамазонов 👉@kitoblog👈