TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxon kundaligi
Kitobxon kundaligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1427

@kitoblog

Kitobxon kundaligi

Просмотры1,180Количество просмотров
Опубликован18 дек.18.12.2021, 06:42
Содержимое поста

Содержимое

Oldingi postlarda "Lolazor" haqida yozgandim. O'zbek adabiyotidagi eng kuchli romanlardan biri. Balki eng kuchlisidir. Bugun qadrdon Book.uzda kitob yangi nashrining taqdimoti bo'ldi muallif ishtirokida. Kayfiyatim ham, sog'lig'im ham yaxshi emasligiga qaramay bordim va xayriyatki kelibman dedim. O'zim uchun juda ko'p narsa oldim. Doimgiday, asosiy xulosalar kundalikka yoziladiyu, lekin kanalga ham ba'zi fikrlarni yozib qo'yaman. Murod Muhammad Do'st yarim hazil, yarim chin ohangda o'lganimdan keyin men haqimda xotira kitoblari yozilmasin deb vasiyat qilib ketaman dedi. Chunki, yolg'on bo'ladi. Balandparvoz bo'ladi. Nodirabegim Ibrohimovaning bir hikoyasi bor. Yozuvchi vafotidan keyin falon yillik yubileyida xotini so'zga chiqib, rahmatli erim adabiyotga umrini bag'ishlagan edi, doim yonida tirgak bo'lardim, asarlarini birinchi menga ko'rsatardi, holis baho berardim kabi shablon gaplarni gapiradi. Lekin eri tirikligida yozganlaridan ko'p pul topmasligi, boshqalardan ortda qolib yashashayotganini diydiyo qilib, erkak bo'lib tuzukroq ish, pul top deb har kun egovlaydigan xotin bo'lgan. Murod Muhammad Do'st Abdulla Qahhorning xotini Kibriyoning yolg'on xotiralari haqida gapirdi. Yoki Abdukarim Mirzayevning tavsiyasidan keyin bosib o'qilayotgan Zarifa Saidnosirovaning "Oybegim mening" xotiralar kitobida ham chinidan yolg'oni ko'p. @salimov_blogi