TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxon kundaligi
Kitobxon kundaligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1441

@kitoblog

Kitobxon kundaligi

Просмотры1,090Количество просмотров
Опубликован29 дек.29.12.2021, 10:06
Содержимое поста

Содержимое

Men nimani xohlayman? Men odam boʻlishni xohlayman. Bilmayman, bunga qanchalik harakat qilyapman. Odam boʻlganda ham yaxshi inson boʻlishni istayman. Ota - onamga munosib farzand boʻlishini, ularni boshqa "oʻgʻlimiz yoʻq" deb o'ksinmasliklari uchun birorta ham sabab qoldirmaslikni istayman. Ilm - chegarasiz va misoli sohilsiz dengiz ekanligini bilaman, ammo men mana shu dengizdan bir tomchi sipqorish umidida yonyapman. Ilm olishni, tafakkur qilishni, uyquda qolmaslikni shunchalar istayman-ki, bu yo'lda borimni berish kerak boʻlsa beraman. Men uchun johil boʻlib oʻtgandan, ilm yoʻlida borini yoʻqotish afzal. Men oʻzim xohlagan kasbni egallashni, shu kasb orqali insonlarga nafim tegishini istayman. Men uddalayman. Meni qoʻlimdan keladi. Men ishonaman. Agarda, bu orzuyim menga buyuk yozuvchi tomonidan bitilmagan boʻlsa, toʻgʻri qabul qilaman va hozirgi kasbim orqali baribir insonlar uchun xizmat qilaman (ya'ni men toʻxtab qolmayman) Ammo, ungacha hech boʻlmasa uddalay olmasligimni koʻrishim va qabul qilishim uchun harakat qilishim kerak. Umuman, maqsadlarimga erishishni istayman. Anovi daftarimga yozilgan maqsadlarimga bajarildi belgisini qoʻyishni shunchalar istayman-ki.. Oʻsha rejalar umrim soʻngiga qadar tuzilgandek, kimdir maqsadlarimni va orzularimni yoʻq qilsa, men sinib qolaman. Toʻgʻri, maqsadlarga oʻralashib qolish notoʻgʻri, ammo u daftarga qanaqa rejalar yozilganini siz bilmaysiz-ku.. Tashnalik qiynamoqda. Ilmga, bilishga, kitobga, mazmunli suhbatga shunchalar tashnaman-ki.. Judayam koʻp narsani bilmayman, lekin shularni o'zlashtirishga boʻlgan ishtiyoq va tashnalik kuchli.. Va men bu yoʻlda nimalar qilish kerak boʻlsa barchasini bajaraman. Men qiyinchilikka va yoʻqotishga tayyorman. Zarbalarni ham tog'ri qabul qilaman. Ortga qaytmayman. Nihoyada esa men uchun xayrlisi boʻladi. Bilmadim, balki bu gaplar sizga balandparvoz koʻrinar. Balki kulgili. Qanday qabul qilish sizga bogʻliq, ammo bir narsani ayta olaman: oʻta samimiy gapirdim. Ha, aytgancha yana koʻp narsani istayman (albatta, moddiyat emas) lekin yozmadim. Kamtarlik qildim:) @Dilnurasblog