TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxon kundaligi
Kitobxon kundaligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1448

@kitoblog

Kitobxon kundaligi

Просмотры1,110Количество просмотров
Опубликован6 янв.06.01.2022, 17:07
Содержимое поста

Содержимое

2022-yilda nashriyotlar bizga yaxshi sovg'alar tayyorlashyapti. Yilni rebranding bilan boshlagan Factor books turklarning hissiyotga boy kitoblaridan biroz dam olishga qaror qilishgan ko'rinadi. Kuni kecha Yevropa adabiyotidan ikkita kitob chop etilishini e'lon qilishdi, avvalroq Yevropaga xos yozadigan o'zbek yozuvchisining kitobi chiqayotganini e'lon qilishgandi. Remarkni juda ajoyib qilib tarjima qilish orqali bunday kitoblarni eplay olishlarini ko'rsatib qo'yishgan, endi Agata Kristi va Robin Uilyamslarni ham kamida shu darajada tarjima qilib, chop etishlariga umid qilamiz va kutamiz. Henry Marsh. 'Do no harm'. Bir paytlar, Angliyalik neyroxirurgning ushbu kitobini 2022-yilda Asaxiybooks tomonidan taqdim qilinishi aytilgandi. Agar chiqsa, o'zbek tilidagi tibbiyotga oid birinchi badiiy-ilmiy-ommabop kitob bo'ladi. Muallif kitobiga o'zi ko'rgan holatlar, kasalliklar, bemorlar, hamkasblar bilan munosabatlar haqida yozadi, u bilan birgalikda operatsiyaga qatnashasiz, velosiped uchasiz, hattoki Ukrainaga ham borib kelasiz. Marshning keyingi kitobi ham tarjima qilinishi rejalashtirilgan. Jahon adabiyotida vrachlar tomonidan yozilgan bunday tipdagi kitoblar juda ham ko'p. Umid qilamanki, Asaxiyning ortidan tibbiy-badiiy kitoblarni tarjima qilish trendga chiqadi. Biznes kitoblarga qiziqmaydigan tibbiyot xodimlari ham bir maza qilishsin. @kitobxonyigit