Содержимое
Bosmachilarning aksari uchun shaharlik musulmon va bolsheviklar «bir goʻr» edi, birini ikkinchisidan farqlashmasdi. Buxoroda yosh buxoroliklarga qarshi kurashgan bosmachilar uchun bu ajratmaslik undan ham osonroq edi, chunki bolsheviklar ham, jadidlar ham an'anaviy hayot tarzi, islomning an'anaviy talqiniga qarshi edi. Qoʻrboshi Ibrohimbekning jadidlarga qarshi adovati hujjatlarda batafsil bayon etilgan. Ibrohimbek Sharqiy Buxoroda isyonga yetakchilik qilayotgan paytda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi rahbari Usmonxoʻja oʻz qo'shini bilan Dushanbedagi Qizil Armiya garnizonini qamal qilgandi. Lekin qamal Usmonxoʻjaning magʻlubiyati bilan tugaydi. Shunda Ibrohimbek sovetlarga quyidagi xatni yozаdi: «Товарищи, мы вас благодарим за то, что вы дрались с джадидами. Я, Ибрагимбек, хвалю вас за это и жму вашу руку, как другу и товарищу и открываю вам дорогу на все четыре стороны и еще могу дать фуража. Против вас мы ничего не имеем, мы будем бить Джадидов, которые свергли нашу власть» Amir va Xalifa nomidan isyon- ga boshchilik qilish niyatida Sharqiy Buxoroga kelgan Anvar poshoni Ibrohimbek hibs etib, unga «men faqat ruslarga emas, aslida, jadidlarga ham qarshi kurashmog'im lozim» deydi. Adib Xolid - O‘zbekiston tavalludi 👉@kitoblog👈