TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxon kundaligi
Kitobxon kundaligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1495

@kitoblog

Kitobxon kundaligi

Просмотры888Количество просмотров
Опубликован6 апр.06.04.2022, 15:19
Содержимое поста

Содержимое

​​#kitobxon_minbari Astrid Lindgrenning "Uzunpaypoq Peppi" asariga haqida “Nima, biz mustaqil va erkin mamlakatda yashamayapmizmi? Odam oʻzi xohlagan tomonga oʻzi xohlagan taxlitda yurishi ham mumkinmasmi?” Yuqoridagi soʻzlar men sizga aytmoqchi boʻlganim, koʻngildan ancha chuqur joy olgan qahramon — toʻqqiz yoshli qizaloq Peppining nutqidan. Asarni oʻqirkansiz, qizchaning shoʻxliklaridan, turli xurmacha qiliqlaridan beixtiyor yuzingizga tabassum yuguradi, ehtimol, bolaligingiz yodingizga tushar. Va shu bilan bir paytda qahramonimizning erksevarligidan, turli qoliplar-u moslashishlardan, sigʻishishlardan yiroqda ekanligidan yayrab ketasiz, yuragingiz zavq-shavqqa toʻlib ketadi. Peppi oddiy qiz emas, u — allaqachonlar yolgʻiz yashashga oʻrgangan, oʻz kunini oʻzi koʻra oladigan mustaqil shaxs. Peppi — har kimning oʻzicha yaratgan va ommaga tatbiq etadigan qoidalariga boʻyin sunmaydigan, oʻzi xohlagancha, koʻngli buyurgancha hayot kechiradigan ajoyib qiz. Bu kitobni erksevarlar, ozodlikka intiluvchilar, sarguzashtsevarlar oʻqisin. Bu kitobni har bir bolajon oʻqisin. Bu kitobni bolaligini sogʻingan barcha oʻqisin. Uzunpaypoq Peppi har bir bolajonning yaqin doʻstiga aylanishiga umid qilamiz! ©Dilnoza Rustamova, Xorazm viloyati. @hudhudbooksuz