TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxon kundaligi
Kitobxon kundaligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1496

@kitoblog

Kitobxon kundaligi

Просмотры1,260Количество просмотров
Опубликован6 апр.06.04.2022, 15:19
Содержимое поста

Содержимое

#tez_kunda ‍‍🔰 Tush ko'ribman, tushimda o'lib qolgan ekanman, qarilikdan emas, g'amdan yuziga ajin tushgan UsmonNosir kabi, navqironligimda. Usmon Nosirningku she'rlari tirik, meni kim ham yo'qlardi va nimalar deb... 🔰 Tor xona, chetida simli karavot, beqasam to'n kiygan sharpa ko'rinadi, xonadan esa kuyuk hidi keladi. Sharpaning yelkalari silkinadi. O'ylab qolaman erkaklarham yig'lar ekanda... Yig'isining sababini so'rayman. E, voh... bu so'nggi olgan nafasiga qadar "Millatim" deya yashagan Qodiriyku axir. So'roqqa tutaman Kumushini o'ldirib, ko'zidagi yoshlari mo'yloviga tushayotgan "xoin"ni. Bobo nega xonadan kuyukning hidi kelyapti? "Hozir yuragim olovda yondi, erib bitti, o'shaning hidi bolam". Nega yondirding, yurak senga kerak emasmi? "Sen ham yoqib yuboraver bolam, millat deya urmagan yurak, kimga hamda nimaga kerak?" Jim bo'laman, chiqib ketaman bo'g'ilib, ham yig'idan ham tutunning hididan. 🔰 Yurib-yurib Bo'zsuv qirg'oqlarida paydo bo'lib qolaman. "Xalq dushmani" Fitratning qonlari anhorda oqadi. Qiziq uning qonlari boshqacha, hammanikiday emas. Demak: "Jasorat; shijoat; millatparvarlik tomirlardagi qonlarda oqadi" — deganlari rost ekanda. U ko'rganim qon emas, Fitratning jasorati bo'lgan ekan, aslida. 🔰Is'hoqxonIbratning qabrini qidiraman. Negadir topolmayman. Unutilib ketmaslik uchun qabr bo'lmog'i shart emasligini tushunaman keyin. U negadir ma'yus. "Nohaq otilganidan ma'summi bu ko'zlar" — savol beraman. Kuladi, "O'lim nima, u tan olishni istamaydigan haqiqatimiz. Ertanmi, indinmi baribir ajalim kelardi meni qidirib. —Unda nega ko'zlaringiz g'amgin? —Men millatim kelajagi uchun yo'qdan bor qilishga harakat qilgandim, yillar o'tib, bu millat borini ham yo'q qilganini ko'rib kulolmayapman. So'qir bo'lganim yaxshiroqmidi? Savoliga javobim yo'q, mulzam bo'lib, qochib ketaman. 🔰 Yugurib-yugurib, nurab qolgan teatrga yetaman. Avloniy asos solgan deya mag'rur boqaman. Ammo huvillagan teatrning chetida Avloniy teskari qarab o'tiribdi. Menga qaragisi yo'q. Sababi ma'lum... "Advokatlik osonmu?" deysiz-a bobo, uni bilmadim-u lekin bugun teatrga bormoqlik qiyin. Millatim deb yashamoqlik undan ham qiyin. "Yurtim uchun nimaqildim?" deya uyqu kelmaydigan ko'zlar, tirnaladigan vijdonlar yo'q endi. Kim bilsin, Stalin davrida otilib kettimi bari yoki o'zlaringiz bilan olib ketdingizmi ularni?... ‼️ZabarjadMediadan yangichayangilik! Jadidlarimiz haqida kitob chiqarmaslik bizlarga uyat, ular haqida o'qimaslik sizlarga uyat, bilmasligimiz va kelajak avlodga ular haqida tayinli bir gap aytolmasligimiz hammamizga uyat. @ZabarjadMedia — kitoblashamiz.