Содержимое
Boya bir kanalda o'zaro paradoksal ikkita postni o'qib qoldim: 1-post Fitratning "Hind sayyohi qissasi" hikoyasidan ta'sirlanib yozilgan. Bu hikoyada Buxoroning amirlik davridagi ayanchli ahvoli keltirilgan. Odamlar, ma'naviyat, ilm-fan, diniy, umuman hamma sohalar butunlay butunlay botqoqqa borgan bo'lganligi tasvirlangan. Keyingi post "Madaminbek" haqidagi kitobdan ta'sirlanib yozilgan. Madaminbek sovetlar yurtimizni egallashiga qarshi urushgan qo'rboshilarning yaqqol namoyandasi bo'lgan. Shunda, sovetlar kelib, tuban amirlikni yiqitgani yaxshi bo'lganmi yoki yomon? Endi meni o'ylantirgan yana bir narsa, agar yurtimiz, aholimiz sovetlardan oldin shu qadar tubanlikda bo'lgan bo'lsa, Madaminbek yutib chiqqanida nima bo'lardi. Uning harbiylashgan tuzilmalari ziyoli-jadidlar bilan hamkorlik qila olarmidi yoki mutaassib diniy domlalarga tayanarmidi? Sovetlar kelib avvalgi tuzilmalarning hammasini yakson qilib tashlamaganda, jadidlarning o'zi aholini botqoqlikdan chiqara olarmidi, bunga kuchlari yetarmidi? Agar Madaminbek yutganida bizning rivojlanib ketishimiz yoki yanayam battar botqoqqa botib ketishimiz, qaysi birining ehtimoli yuqori bo'lardi? Fitrat sovetlar ta'sirida shunaqa yozgan yoki "Madaminbek" Mustaqillikka paxta sifatida yozilgan, aslida umuman unaqa bo'lmagan, deyishingiz mumkin. Balki gapingiz to'g'ridir. Chindan ham tarix g'oliblar tomonidan yoziladi. Demak, o'sha zamonni chuqurroq o'rganish, iloji bo'lsa, ikkala kriteriya ham ta'sir qilmagan (kam ta'sir qilgan) manbalarni topgan ma'qul. Hozircha eshitgan ta'riflarimdan "O'zbekiston tavalludi" shunga qanchadir mos keladigandak tuyulyapti. Tag'inam, o'qib ko'rsak bilamiz @kitobxonyigit