TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxon kundaligi
Kitobxon kundaligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #509

@kitoblog

Kitobxon kundaligi

Просмотры1,200Количество просмотров
Опубликован15 авг.15.08.2020, 04:51
Содержимое поста

Содержимое

​​Comments' ga kelgan barcha fikrlarni o'qidim. Foydasi ko'p bo'lgan narsalarning salbiy tomonlariga u qadar ham e'tibor bermaymiz, to'g'ri. Hop, kitobning ziyonli ta'siri mavjud emas, deganlar uchun maxsus: -To'xtovsiz va tanaffussiz o'qish.(24/7) Bu ko'zni anchagina toliqtiradi. -Uyqusizlik. "Ozgina, yana ozgina bet, mana shu qismni tugatib olay" deysiz-u, vaqt allamahal bo'lib qolganini sezmaysiz. Natijada esa uyqusizlik,charchoq. Uning ortidan stress. Keyingi bosqich depressiya. -Reallikdan ketib qolish. Bu eng yomoni. Bir psixologning ma'ruzasida aytilishicha, kitobga mukkasidan ketganlar - stressni boshidan o'tkazayotganlar ekan. Kitob tinimsiz o'qilganda inson o'zi uchun qulay va tinch joyni izlashni, iloji boricha vaqtini insonlar bilan emas, sevimli kitobi bilan o'tkazishni istaydi. Oqibatda, atrofdan o'zini berkitib qo'yadi. -Ba'zi kitoblarning inson ongiga psixologik ta'siri katta. Bu esa ruhiyatni og'irlashtirib qo'yadi. -Ko'p kitob o'qiganingiz uchun o'zingni ko'pchilikdan ustun tutishni boshlaysiz. "Faqat mening fikrim to'g'ri" degan tushuncha paydo bo'lib qoladi(O'z-o'zidan) -Hayotni ideallashtirishga urinasiz. Men kabi o'z olamingizda, o'zingiz istagandek, insonlardan uzoqroq, hech kim xalaqt bermaydigan joyda yashashga urinasiz. Afsuski, barchasi ham siz o'qigan kitoblardagidek bo'lavermaydi. Sanaganlarim kitobni o'qishni kamaytirish yoki uni o'qishni tashlab qo'yish kerak degani emas. O'qing. Har doim. Har yerda. (Faqat menga o'xshab reallikdan ketib qolmang) Paustovskiy aytganidek, "Читайте! Пусть не будет ни одного дня, когда бы вы не прочли хотя бы одной страницы из новой книги". @mohimsblog