Содержимое
"Sunbula" ni o'qidim. Negadir bir nafasda o'qiy olmadim. Oz-ozdan hazm qildim. Qiyin bo'ldi negadir. Yotganda to'shagimdan, ovqatlanayotganda, ovqatimdan badbo'y hid kelaverdi. Oynaga qarab, o'zimdan jirkanish va ijorg'anish tuydim. 3 yarim oylik chaqalog'imni quchoqlab, to'yib-to'yib hidlashga, erim bilan o'pishishga haqqim yo'qdek o'ng'aysizlana boshladim. Hamma qulayliklarimdan noqulaylik tug'ila boshladi. Hammasiga o'sha qahramonlaringiz aybdor. Yo'q..ya'ni...men ularni oldida aybdorlik sezyapman. Aybdorlik ham emas pushaymonlik deylik. Silliq va bir maromda kechadigan baxtli hayotimdan zerikib ketibman. Baxtli bo'lishdan charchabman shekilli. Shunaqa hayot xohlab yuruvdim. "Sunbula" shunda yashash imkoni berdi. Anglashlaringiz, tug'ilishlaringiz muborak! Mengayam muborak 💋♥️ Mehrinoz Abbosova, shoira P.S.: Kitobni yaqin orada kuting