TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxon kundaligi
Kitobxon kundaligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #599

@kitoblog

Kitobxon kundaligi

Просмотры1,390Количество просмотров
Опубликован7 сент.07.09.2020, 05:21
Содержимое поста

Содержимое

Qaysidir qarashni, go'yani, fikrni qoralash uchun, avval uni oqlashi mumkin bo'lgan hamma narsa haqida o'ylab ko'ring. Dostoyevskiy shunday teskari ijodkor edi. Agar u nigilizmni qoralamoqchi bo'lsa, butun asarini nigilizmni oqlashga bag'ishlaydi. Kimdir yozgandi, Dostoyevskiyning qahramonlariga o'xshash odamlar hayotda uchramaydi deb. Men esa Dostoyevskiy bitta qahramonda chizgan psixik holatlar, xarakter xususiyatlarining hamma-hammasi odamlarda uchraydi deyman. Muhimi ham shu. Hayotda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan 1 odamni ko'rsatish emas, hayotda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan 100 xil xarakterni ko'rsatish. Dostoyevskiy esa bularning ko'pchiligini bir yoki bir nechta shaxsda mujassamlashtirardi xolos. Yana kimdir yozgandi "Dostoyevskiy hamma narsani yozib ketgan daxo ekanligi haqidagi fikr, o'zi umuman daxolarga bunday ta'rif berish ijodkorni bo'g'adi, senga yozish uchun hech narsa qolamadi degandek eshitiladi"- deb. Men esa Dostoyevskiyning hamma narsa haqida yozib bo'lganligi ijodkorni bo'g'ishi emas, unga motivatsiya bo'lishi kerak deyman. Bir ijodkor hamma narsa haqida yozishi mumkinligini isbotlaydigan motivatsiya.