TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxon kundaligi
Kitobxon kundaligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #668

@kitoblog

Kitobxon kundaligi

Просмотры1,050Количество просмотров
Опубликован25 сент.25.09.2020, 11:33
Содержимое поста

Содержимое

​Kecha Jek Londonning"Martin Iden" romanini oʻqib tugatdim. Informatsiya oqimidan oʻzimni cheklaganimda, biror sarguzasht asar charchogʻimni chiqaradi, deb oʻylagandim. Rostdan ham kitob menga biblioterapiya vazifasini oʻtadi. Oʻylaganimday yengilroq sarguzasht asar emas ekan. Balki oʻsmirligimda oʻqisam shunday tuyulardi. Bir oy davomida yaxshi hamroh boʻldi. Ayni vaqtda oʻqishim uchun eng mos asarday tuyuldi. Uni avvalroq oʻqimaganimga xursandman. Roman haqida taqriz yozgim kelmadi, balki postlarimda baʼzi lavhalarini keltirib oʻtishim mumkin. 16-17 yoshimda anchagina romanlarni oʻqib tugatganman. Lekin ularni oʻsha vaqtdagi tafakkurim bilan hozirgidek maksimum darajada hazm qilolmagan boʻlsam kerak, deb oʻylayman. Badiiy asarlarga qaytmoqchiman. Shu paytgacha koʻrgan-kechirganlarim, egallagan psixologik bilimlarim bilan badiiy adabiyotdan yanayam koʻproq lazzatlana olsam kerak. Shuningdek, antiutopik asarlar va Dostoyevskiyni keyinga qoldirib kelardim, hozir ularni oʻqish uchun yetildim, deb oʻylayman. Oxirgi yillarda badiiy adabiyot unga sarflanadigan vaqtga arzimaydi, deb hisoblardim. Ilmiy, ilmiy-ommabop kitoblarni afzal koʻrdim. Hozir esa fikrim oʻzgardi. Shuni tushundimki, odamlar har kuni yuzlab qisqa postlardan koʻra kitob oʻqishni maqul koʻra boshlaydi, Instagramning 15 sekundlik "stories"lari-yu, Tik-tokning qisqa roliklaridan bezib, Youtubedagi uzun podkastlar, intervyular, seriallarni koʻrishni tanlaydi. XXI asrning qisqa, tez va koʻp shiori ostidagi "vibe"iga tayyor emasligimizni ruhiy muammolarimiz aytib turibdi. @sarvinoz_omonova