Содержимое
Kitobxonlar uchrashuvi, yangi tarjima qilingan kitoblar. Bugungi kun haqida qisqacha Bugun "Kitobxonlar davrasi" guruhi a'zolari, umuman, kitobxonlar yig'ilishi bo'lib o'tdi. Ko'pchilik tanish chehralar, yangi kitob taqdimoti, turli xil tanlovlar, qizg'in suhbat... Xullas kun juda mazmunli o'tdi. Tashkilotchilarga katta rahmat, hammasi ajoyib o'tdi. Uchrashuvda Mark Mensonning "Hammasi rasvo. Umid haqida kitob" asarining o'zbek tiliga tarjima qilingani munosabati bilan taqdimot ham bo'lib o'tdi. Umuman bu asardan vaqtida o'zim ham ko'p narsa olganim uchun taqdimotga juda qiziqdim. O'qish uchun albatta tavsiya qilaman. Shu asarni ruscha versiyasi chiqqanida darrov internetdan ko'chirib olib, qiziqib o'qib chiqqan edim. Shu paytgacha bu kitob haqida taqriz yozishga menda hadiksirash bo'lgan. Adashmasam bir oy oldin shu kitob o'zbekchada chiqayotganini ko'rib hayron qolgan edim. Menda paydo bo'lgan birinchi savol: asar o'zbekchada ham to'liqligicha chiqarmi ekan? Bugun taqdimotda Azbobooks loyihasi a'zolari ushbu savolga "xa" deb javob berishdi. Bundan juda hursandman. Demak, bizni oldinda kitobxonlar orasida kuzatilajak juda keng bahs-munozaralar kutib turibdi. Muhimi, azizlar, urishmasdan fikr almashinglar 😂 Kitobni o'qishni esa tavsiya qilaman. Uchrashuvdan so'ng @kitoblog, @Tav_uz, @marufjonblogi, @bu_safar_boshqacha va @odilxonsarchive kanallari adminlari bilan o'tirib suhbatlashdik. Chakagimiz tinmadiyov. Bu darajadagi saviyali insonlar bilan bir joyga kelib qolish kam uchraydigan hol. Xali ancha gaplar qolib ketdi. Juda mazmunli suhbat bo'ldi. Aytganimizdek, birgalikda nimalardir qilish kerak)) Kitobxonlar uchrashuvidan so'ng, Book.uz dan bo'sh chiqib ketgim kelmadi. Kitob sotib oldim. Mana shu kitob o'zbekchaga tarjima qilingan ekan, sotuvga chiqibdi. Lekin ayting, qaysi tentak o'zbekchaga tarjima qilingan kitobning ruschasini oladi? Xa, men 😂 Xullas tavsiya qilaman, o'zbekcha tarjimasi "Javdarzordagi xaloskor", muallifi Jerom Selinjer. Xaloyiq, og'ir botsa ham aytaman, xa deb Safarli kabilarni o'qiyvermasdan, shunday kitoblardan ham o'qib turinglar. Yoki o'zgarish sezasizlar, yoki tushunmadim deysizlar. Tushunmasligingizning sababini esa oldingi o'qigan kitoblaringizdan qidiring. @Bookerberg