TGINSIGHT CHAT
ACOIN7 (Mangu♾INNOVATION)
@manguuzbank
Криптовалюты🚀https://play.google.com/store/apps/details?id=com.acoin7 📊 The first crypto Company of Great Turan 📩 Question: ☎️ Call's: 👨👨👦👦 TEAM: https://t.me/acoin7uz
Последние посты
Тег: #qorapiaremas · 1 постов
⚡️Katta loyihaning $20,000'lik kichik xatosi 🔎07.05.2023 sanada "AQL EGALARI" MCHJ IT Loyihasi Mangu INNOVATION (mangu.uz) Platformasi saytidagi qimmatli raqamli aktivlar o'g'rilanayotgani Kompaniyaning ichki nazorati tomonidan aniqlandi. ❗️Ma'lum bo'lishicha, ushbu o'g'rilik holati ikki oyga yaqin vaqt muntazam davom etib kelgan. Saytda ro'yxatdan o'tib, "MNG" sotib olgan ellikka yaqin "mangu.uz elektron ID hamyon" egalari akkauntlaridagi bir necha ming dona "MNG" qimmatli piksellari o'zga hamyonlarga Adminstrator Boshqaruv paneliga yashirincha kirish orqali boshqa hamyonlarga o'tkazilib, plastik kartaga pul qabul qilib olingan. 🔑Ushbu talonchilik o'zgalar mulkini qasddan talon-taroj etish yo'li bilan tashkilotning bir nafar sinovda bo'lgan xodimi tomonidan yoki ID hamyonga ega, Loyihaga a'zo ayrim ishtrokchilar bilan avvaldan til biriktirilib, bir necha shaxslar bilan guruh bo'lgan holda amalga oshirilgani gumon qilinmoqda. 💎Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, IT Kompaniyaga ushbu ko'ngilsizlik 223,952,500 so'm moddiy zarar yetkazgan. 👮Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash bo‘limi tomonidan jinoyat ishi ochish yurituviga olinib, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 💬"Katta Kompaniyalarda ham kichik ko'ngilsizliklar bo'lib turadi. Besh yillik faoliyatimiz mangu.uz'da hech bir investorning na biror dona pikseli va na biror so'm puli yo'qolmagan. Ana shu kichik xatolik qonuniy yechim bilan bartaraf etilgach, endi rostakamiga uchamiz. Bir necha ming dona "tekin kelgan" aktivlarning bozorda arzon-garov sotilishi birjada MNG kursini 5$ atrofida mo'tadil turishiga ta'sir o'tkazmagani hatto Bizni juda quvontirdi. Milliy Bitcoinga talab juda kuchli, o'g''rilarni ham tushunsa bo'ladi ", deya intriga qilmoqda Loyihaning rasmiy manbaasi. #qorapiaremas#mangu#acoin7#milliybitcoin 💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!