Содержимое
⚠️ Yo‘lda ehtiyot bo‘ling! Xavfsizlik birinchi o‘rinda 🚗🛑 Xorijdan qaytayotgan yoki qo‘shni davlatlar hududi orqali tranzit yo‘nalishda harakatlanayotgan ayrim O‘zbekiston fuqarolari yo‘l-transport hodisalariga uchrayotgani kuzatilmoqda. Bunday holatlar ko‘pincha quyidagi sabablar tufayli yuz beradi: 🚘 Transport vositasining texnik nosozligi ⏳ Uzoq masofaga uzluksiz harakatlanish 🚦 Yo‘l harakati qoidalariga to‘liq rioya qilmaslik 🛡 Xavfsizlik choralariga yetarli e’tibor bermaslik Migratsiya agentligi sizdan quyidagilarga e’tibor qaratishingizni so‘raydi: 🔧Texnik nosoz transport vositalaridan foydalanmang 🚦Yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qiling va tezlikni oshirmang 🚌✈️ Imkon qadar xavfsiz transport turlaridan foydalaning ❤️ Unutmang: Yo‘ldagi ehtiyotkorlik — hayot xavfsizligining eng muhim garovidir! Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!