TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← ПАМ в РФ
ПАМ в РФ avatar

TGINSIGHT POST

Post #988

@pamvrf

ПАМ в РФ

Просмотры1,350Количество просмотров
Опубликован17 сент.17.09.2025, 03:48
Содержимое поста

Содержимое

#xavfsiz_yo’l 🚍 AVTOBUS QATNOVLARI ORQALI ROSSIYA FEDERATSIYASIDAN O'ZBEKISTONGA QAYTAYOTGAN YO'LOVCHILAR DIQQATIGA!!! So‘nggi vaqtlarda Rossiyaning turli hududlaridan O‘zbekistonga avtobus qatnovlari orqali qaytayotgan yo‘lovchilar orasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan yolg‘on ma’lumotlarga aldanib qolish holatlari ko‘payib bormoqda. Fuqarolar ishonchini qozongan firibgarlar aslida O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi qoshidagi “Uzautotrans Service” korxonasiga tegishli bo‘lmagan reyslarga amaldagi narxlardan ko‘ra bir necha barobar qimmatga chiptalarni pullashmoqda. Natijada aldangan fuqarolar tegishli talablarga javob bermaydigan noma’lum tashuvchilar xizmatidan foydalanishga majbur bo‘lishmoqda. 📍Bugungi kunda “Uzautotrans Service” korxonasi Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga “Novoyasenevskaya”, “Kotelniki”, “Qozon” va “Perm” avtovokzallari orqali Moskva – Toshkent, Qozon – Toshkent hamda Perm – Toshkent yo‘nalishlarida muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda. Qatnovlar uchun chiptalarni yo‘lovchilar tegishli avtovokzal kassalaridan, shuningdek, busnovoyas.ru, e-traffic.ru saytlari orqali onlayn xarid qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz. ⚠️ Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan turli reklama roliklariga ishonib, begona shaxslarga pasport ma’lumotlaringizni yubormaslik hamda karta raqamlariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirmaslikni so‘rab qolamiz. “Uzautotrans Service” MChJ rasmiy vakillari telefon raqamlari orqali chipta narxlari va qatnov jadvali to‘g‘risidagi aniq va ishonchli ma’lumotlarni tekshiring. Tel: + 998 (94) 131-99-99 Tel: +89251084999 Rossiya. @uzmigration