TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← [404] — программирование

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Найти похожее

Источник @procode404 · Post #3321 · 1 нояб.

​🔓Криптография — [1:10:27] Пишите вы ботов, сайты или делаете игры, вы обязаны понимать как работает шифрование, зачем нужен HTTPS, чем SHA256 лучше MD5 и как это всё исопльзовать на практике. Автор рассказывает про проблемы криптографии, про работу хеш-функций, про TLS разных версий, атаки на них и методы ускорения протокола, про Blockchain, PKI и даже про Certificate Transparency. Перейти к просмотру #видео#теория

Результаты

Найдено 1 похожих постов

Поиск: #atmosfera

当前筛选 #atmosfera清除筛选
Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #563 · 04.03.2025, 12:37

Qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilandi 📌Qonun (O‘RQ-1042-son, 03.03.2025 y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi. 🔰 Qonunga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi. 🟢Bunda: 🔹O‘lchami besh yuz kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonida, unga tutash bo‘lgan hududda hamda undan chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘yish: ➖mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravari (3 mln 750 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. 🔹Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa: ➖mansabdor shaxslarga BHMning 50 baravari (18 mln 750 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. ✔️Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi. #atmosfera#qonun 📱telegram 📱instagram