TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← [404] — программирование

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Найти похожее

Источник @procode404 · Post #3608 · 14 июн.

​⌨️ Учимся писать графический интерфейс на Python Плейлист из 11 видео, по которым вы научитесь работать со всеми базовыми компонентами десктоп интерфейса. Использовать вы будете Python и библиотеку для работы с интерфейсом Qt5. 1. Программа для скачивания видео с YouTube [6:30] 2. Удалённый рабочий стол [21:22] 3. Чат с графическим интерфейсом [22:47] 4. Создаём форму для регистрации [9:01] 5. Распознавание речи с графическим интерфейсом [22:47] 6. Работа с буфером обмена [4:03] #python#ui

Hashtags

Результаты

Найдено 16 похожих постов

Поиск: #layfhak

当前筛选 #layfhak清除筛选
IT Masters

@ITmastersuz · Post #12603 · 04.12.2025, 06:03

Word va Excel dasturlarida F4 tugmasi oxirgi bajarilgan amalni takrorlaydi ✅Bizning barcha loyihalar | #layfhak

Hashtags

IT Masters

@ITmastersuz · Post #12595 · 27.11.2025, 06:06

🌐123apps.com — bepul onlayn vositalar to‘plami 123apps — bu hech qanday dastur o‘rnatmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzer orqali video, audio, PDF va boshqa fayllar bilan ishlash imkonini beradigan qulay servis. Nimalar qilish mumkin? 🔴Videoni kesish, birlashtirish, aylantirish 🔴Audioni tahrirlash, ovoz balandligini o‘zgartirish, formatlarni almashtirish 🔴PDF fayllarni birlashtirish, siqish, ajratish 🔴Rasm, audio, video va hujjatlarni turli formatlarga konvertatsiya qilish Afzalliklari: 🔴Hammasi onlayn — dastur o‘rnatish shart emas 🔴Oddiy va tushunarli interfeys 🔴Kompyuter, telefon yoki planshetda ishlaydi Multimedia va hujjat bilan ishlash uchun eng qulay bepul servis — 123apps.com ✅Bizning barcha loyihalar | #layfhak

Hashtags

IT Masters

@ITmastersuz · Post #12589 · 25.11.2025, 09:20

USB Raptor yordamida istalgan fleshkani kompyuteringiz uchun «ximoyachiga» aylantirish mumkin. Prinsip oddiy: • Fleshka ulanadi + parol kiritiladi → kompyuter ochiladi • Fleshka chiqariladi → tizim avtomatik bloklanadi Sozlash 2–3 daqiqa: dastur ochiladi, parol beriladi, kalit-fayl yaratiladi va himoya yoqiladi. ⬇️Videodagi dasturni yuklab olish ✅Bizning barcha loyihalar | #layfhak

Hashtags

IT Masters

@ITmastersuz · Post #12541 · 05.11.2025, 12:36

✍️ Text2Handwriting: har qanday elektron matnni haqiqiy bilan bir xil qo‘lyozmaga aylantirib beradigan neyroset topildi. ⚡️ Stil va shriftni tanlaysiz, referat, diplom yoki uy vazifasini yuklaysiz — natijada esa haqiqiy qo‘l yozuvidan farqlab bo‘lmaydigan matn olasiz. 🪙 Ro‘yxatdan o‘tsangiz 5 varoq generatsiya qilish bepul, cheksiz imkoniyat uchun 8$ dan voz kechishingiz kerak! Sinab ko'rish uchun havol — mana bu yerda. ✅Bizning barcha loyihalar | #layfhak

Hashtags

IT Masters

@ITmastersuz · Post #12484 · 20.10.2025, 05:14

O'qish yoki ishni topshirmaslik uchun “ayyor” usul 😅 Bu sayt faylni ataylab buzadi — uni hech kim ocholmaydi! Qanday qilib: 1️⃣ PDF, DOC yoki Excel fayl yarating. 2️⃣ Ichiga istalgan matn yozing — shunchaki to‘ldirib qo‘ying. 3️⃣ Nomini «Hisobot», «Uy ishi» yoki «Ta’qdimot» deb qo‘ying. 4️⃣ Saytga yuklab, “Faylni buzish” tugmasini bosing. 5️⃣ Keyin o‘qituvchi yoki boshlig‘ingizga ayting: “Fayl ochilmayapti, shikastlangan shekilli”. ➖ Foydalanish uchun: link 🐚Bizning barcha loyihalar | #layfhak

Hashtags

Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #721 · 23.05.2025, 13:10

Layfhak 1. Telegramni ochamiz. 2. Sozlamalar (Settings) bo‘limiga o‘tamiz. 3. “My Account”ga kiramiz. 4. “First name”ga ismingizni, 5. “Last name”ga familiyangizni yozamiz. ✅ Voila! Endi Telegram profilingizga qaragan odam “bu nima ekan?” deb o‘ylanmaydi, va siz haqiqiy odamga aylandingiz! Postni do'stlaringizga ulashib qo'ying, keyingi postda profilga surat yuklashni o'rganamiz. @suxrobblog // #layfhak

Hashtags

Phd_Shopulatov

@phd_shopulatov · Post #3683 · 03.08.2021, 08:14

#Qabul #abituriyent #layfhak Oldingi postlarimizda boshlagan mavzuyimiz, ya'ni "tashqi omillar" haqida davom etamiz. 👉 Abituriyent imtihondan bir kun oldin o'ziga yoqmaydigan mahsulot, ovqat yeb qo'yishi ham unga imtihon vaqti salbiy ta'sir ko'rsatadi. Imtihon topshiruvchi imtihon vaqtida behuzur bo'lishi testlarni maksimal darajada ishlashiga to'sqinlik qiladi. Uning miyasida tezroq imtihon tugasa edi, degan fikr bo'lishi mumkin, bu esa bilgan testlarni ham xato ishlashga olib keladi. Imtihondan bir kun oldin, imtihon kuni ham to'yib ovqatlanish yaxshi natijaga olib kelmaydi. Tog'ri imtihon vaqti abituriyent behuzur bo'lsa, nazoratchi bilan birgalikda tashqariga chiqishligiga ruxsat berilar, lekin bu ham abituriyentning zarariga ishlaydi. Abituriyent oltinga teng vaqtidan ayrilishi mumkin. Shuning uchun ham iste'mol qilayotgan mahsulot va uning sifati, miqdoriga ham e'tiborli bo'ling! Biz bilan qoling. Bo'lajak talabalarga yuboring 😎😎😎😎 Davomi bor ... 📝Kanalga ulanish

Phd_Shopulatov

@phd_shopulatov · Post #3679 · 01.08.2021, 13:40

#Qabul #abituriyent #layfhak Oldingi postlarimizda boshlagan mavzuyimiz, ya'ni "tashqi omillar" haqida davom etamiz. 👉 Imtihon kuni yaxshi kayfiyatda bo'lish ham juda muhim. Ertalabdan sizga biror - bir odam hazil sifatida gapirsa ham, siz ko'nglingizga yaqin olib, kayfiyatingiz tushib ketishi mumkin. Ahamiyat bergan bo'lsangiz, xushchaqchaq, kayfiyati ko'tarilgan odamlarda: xuddi ko'p ishlarni amalga oshirishadi-yu, lekin umuman charchashmaydi. Bu qanchadir miqdorda kayfiyatga ham bog'liq (positive thinking). Shuning uchun butun hayotingiz davomida, ayniqsa imtihon kuni bunday odamlardan, vaziyatlardan yiroq yurganingiz ma'qul. Bundan tashqari imtihon kuni iloji boricha internetga kirmaganligingiz ham kayfiyatingizga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Chunki unda sizga yoqmaydigan xabar, kecha yoki oldingi kunlarda tushgan misollarni ko'rsangiz, "ishlay olamanmi?", degan vahima, do'stlaringiz bilan muloqot, xususan "imtihon topshirdingmi?", degan savollar ko'p bo'lishi juda ko'p vaqtingizni va kuchingizni olib qo'yishi mumkin. Albatta xulosa o'zingizdan... Bo'lajak talabalarga yuboring😎😎😎😎 Davomi bor ... 👉@matematikadan_milliy_sertifikat

Phd_Shopulatov

@phd_shopulatov · Post #3675 · 31.07.2021, 06:00

#Qabul #abituriyent #layfhak O'tgan safar 'tashqi omillar' haqida ma'lumot bergan edik. Ana shu 'tashqi omillar'dan iloji boricha ehtiyot bo'lish kerak.Faqat qanday qilib? 👉Abituriyent bir kun oldin tiniqib dam olmadi, buni oldini olish uchun imtihondan bir kun oldin tayyorgarlikni butunlay to'xtatish kerak. To'g'ri bu ko'pchilikning qo'lidan kelmaydi. Lekin tabiat qo'ynida aylanib, miyani dam oldirish imtihondan bir kun oldin 24 soat tayyorgarlik ko'rishdan ancha afzal. "Cho'kayotgan odamga pichoq uzatsang ham u uni ushlab qolishga harakat qiladi", degan gap bekorga aytilmagan. Abituriyentlar ham bir kun oldin yana tayyorgarlik ko'raman deb, ertasi imtihon kuni lanj, bosh og'rigan holda testni maksimal ishlay olmasligi bor gap. Bo'lajak talabalarga yuboring😎😎😎😎 Davomi bor ... 👉@matematikadan_milliy_sertifikat

Phd_Shopulatov

@phd_shopulatov · Post #3668 · 30.07.2021, 09:30

#Qabul #abituriyent #layfhak Bugun biz sizlarga 'tashqi omillar' haqida ozgina ma'lumot bermoqchimiz. Ko'pgina abituriyentlar biror-bir fanni to'liq o'zlashtirib, bemalol maksimal ball olishligi mumkin. Lekin shu 'tashqi omillar' bu natijalarga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Qanday deysizmi? Oddiy misol olaylik: abituriyent imtihondan bir kun oldin tiniqib dam olmadi yoki sal mazasi bo'lmadi (bosh og'rig'i ham yetarli darajada salbiy ta'sir ko'rsatadi) yoki imtihondan bir kun oldin o'ziga yoqmaydigan mahsulot, ovqat yeb qo'yishi mumkin, hattoki imtihon kuni sizga yoqmaydigan biror - bir gap, so'z eshitishingiz va kayfiyatingiz buzilishi ham test natijalariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Keyingi postlarda shu kabi salbiy 'tashqi omillar' haqida va ulardan qanday qilib qutulish mumkinligi haqida batafsil to'xtalib o'tamiz, Inshaalloh. Biz bilan qoling. Bo'lajak talabalarga yuboring😎😎😎😎 Davomi bor ... 👉@matematikadan_milliy_sertifikat

Phd_Shopulatov

@phd_shopulatov · Post #3665 · 29.07.2021, 08:38

#Qabul #abituriyent #layfhak DTM ekspertlari apellyatsiya paytida testni xatoligini bilsa ham, fan ekspertlari abituriyentga yon bosadimi? Aks holda qanday yo'l tutish kerak? Shu apellyatsiyadan yutib chiqqanlar bormi? Apellyatsiya arizasini berish foydalimi, degan savollarga bugungi postlarimizda to'liq javob olasiz, Inshaalloh. Odamlar har xil bo'lgani kabi, ekspertlarning ham abituriyentlarni tushunadigani bor, tushunmaydigani bor. Lekin aniq xato misol bo'lsa ham, abituriyent oxirigacha shu misolning xatoligini isbotlay olmasa, ekspertlar abituriyentlarga misolni xato ekanligini ko'rsatishga yordam berishmaydi. Chunki abituriyent misolni xatoligini ko'rsatib, g'olib bo'lsa, DTM yutqazgan hisoblanadi va albatta DTM xodimlari buni xohlashmaydi. Shuning uchun ham sizning ishingiz tushmasin-u, lekin mabodo apellyatsiyaga ishingiz tushsa, unga oldindan yaxshilab tayyorlanib borishni tavsiya qilamiz. Apellyatsiya jarayonida g'olib chiqqan abituriyent haqida ozgina ma'lumot berishni joiz deb bildik: O'zbekiston Milliy universitetiga kirish imtihonlari natijalaridan so'ng, voqeamiz qahramoni 1-o'rinda to'lov - kontrakt asosida o'qishga kirgan edilar. Keyin apellyatsiya berib, g'olib chiqadilar. Natijada ball qo'shib berilishi natijasida, ushbu abituriyent oxirgi davlat granti asosida o'qishga kiradilar. Apellyatsiya jarayonigacha davlat grantida oxirgi o'rinda turgan abituriyent esa 1-o'rinda to'lov - kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan edi. Apellyatsiya jarayonida g'olib bo'lgan abituriyentning yarim yillik to'lagan kontrakt puli qaytarib berilib, grantdan kontraktga o'tgan abituriyent esa 4 yil kontrakt to'lashga majbur bo'lgan edi. Shunday qilib, siz testlarni tog'ri yechdingiz-u, ballingiz pasroq chiqdi va bilimingizga ishonasiz, qo'rqmay apellyatsiya berishingizni tavsiya qilamiz. Oxirgi o'rinda davlat granti asosida qabul qilingan abituriyentlar, "Endi 4 yil davlat grantida o'qir ekanman" deb, oldindan juda ham xursand bo'lmang. To'g'ri siz davlat grantidan, to'lov - kontrakt asosiga o'tmasligingiz mumkin, lekin bunday holatlar juda ko'p... Davomi bor ... 📝Kanalga ulanish

Phd_Shopulatov

@phd_shopulatov · Post #3662 · 28.07.2021, 10:17

#Qabul #abituriyent #layfhak Bugun apellyatsiya o'zi nima? U qanday amalga oshiriladi, shunga o'xshash savollarga javob berib o'tamiz. Kirish imtihonlari ballari e'lon qilinishi, shu bilan birgalikda umumiy natijalar (kim davlat granti asosida o'qishga kirdi, kim to'lov - kontrakt asosida, kim o'qishga tavsiya qilinmadi) e'lon qilinganidan so'ng, DTMga yozma ariza beriladi. Shundan so'ng abituriyent ma'lum kuni chaqiriladi. Unga imtihon savollari kitobi va javoblar varaqasi nusxasi (копия) taqdim qilinadi. Abituriyent aynan qaysi fanning nechanchi savol(lar)iga e'tirozi bo'lsa, ma'lum qiladi. Abituriyentlar oxirigacha testni tog'ri ishlaganliklari yoki testda xato borligini to'liq isbotlab bersalargina, abituriyentga aynan shu savolga ball qo'shib beriladi. DTM ekspertlari apellyatsiya paytida testni xatoligini bilsa ham, fan ekspertlari abituriyentga yon bosadimi? Aks holda qanday yo'l tutish kerak? Shu apellyatsiyadan yutib chiqqanlar bormi? Apellyatsiya arizasini berish foydalimi, degan savollarga keyingi postlarimizda to'liq javob olasiz, Inshaalloh. Davomi bor ... 📝Kanalga ulanish

12
НазадСтр. 1 из 2Вперёд