💬Sunʼiy intellekt dunyosidagi hafta dayjesti 🎓OpenAI yangi NextGenAI dasturini ishga tushirdi OpenAI taʼlim va ilmiy tadqiqotlarni sunʼiy intellekt yordamida rivojlantirish uchun 50 mln dollar ajratdi. Loyihada Garvard, Kaliforniya texnologiya instituti, MIT kabi dunyoning 15 yetakchi ilmiy markazlari ishtirok etadi. Maqsad — ilm-fan va real biznes sohalarini AI yordamida bog‘lash. 🔗Batafsil 🖥Xitoy RISC-V chiplarini qo‘llab-quvvatlashni kengaytirmoqda Xitoy yangi siyosat ishlab chiqib, ochiq kodli RISC-V chiplarini milliy miqyosda ommalashtirishni rejalashtirmoqda. Maqsad — G‘arb texnologiyalariga qaramlikni kamaytirish. Qualcomm kabi kompaniyalar ham bu arxitekturani rivojlantirishga kirishdi. 🔗Batafsil 🎧Stability AI va Arm smartfonlarga generativ audio texnologiyasini olib keldi Endi telefoningizda yuqori sifatli audio va tovush effektlarini internetga ulanmasdan yaratishingiz mumkin. Stable Audio Open texnologiyasi yordamida audio generatsiya jarayoni Armv9 protsessorlarda 30 marta tezlashdi (240 soniyadan 8 soniyagacha). 🔗Batafsil 🌐Opera brauzerida sunʼiy intellekt-agenti — Operator ishga tushmoqda Opera yangi Operator brauzerini eʼlon qildi. Brauzer o‘z ichiga AI-agentni olib, foydalanuvchi topshiriqlarini mustaqil bajaradi: xaridlarni amalga oshiradi, obunalarni boshqaradi va bank operatsiyalarini nazorat qiladi. Operator yaqin vaqt ichida foydalanishga topshiriladi. 🔗Batafsil 🤖Amazon GPT-o’ga raqobatchi yangi AI modelini tayyorlamoqda Amazon "Nova" deb nomlangan kuchli sun’iy intellekt modelini taqdim etishga hozirlanmoqda. Ushbu model dasturlash va murakkab matematik hisob-kitoblarni amalga oshirishda yuqori natijalarni ko‘rsatadi. Model iyun oyida rasman e’lon qilinadi. 🔗Batafsil #Google#Storm#RiscV#Opera#Amazon#SparkTTS
TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
TGINSIGHT SIMILAR POSTS
Найти похожее
Источник @procode404 · Post #3921 · 20 янв.
💩Как не облажаться при собеседовании на JavaScript —[22:23] Как говорится, существует две версии JavaScript: одна для работы, вторая — для собеседований. Стоит ли говорить, что если вы хотите получить работу, вы должны знать оба варианта? В этом видео автор объясняет, какие вопросы обычно задают при собеседовании на JavaScript-разработчика (спойлер: спросить могут практически всё, что угодно), а также разбирает хорошие и плохие кейсы потенциальных сотрудников. Перейти к просмотру #видео#javascript
Hashtags
Результаты
Найдено 1 похожих постов
Поиск: #sparktts
当前筛选 #sparktts清除筛选