@mdcuzbekistan · Post #948 · 14.05.2025, 10:40
🚀 DevOpsDays O‘zbekistonda birinchi marta. Bu hali boshlanishi. 24-may kuni Toshkentda DevOps, madaniyat, vositalar va real hayot amaliyotlari bo‘yicha mamlakatdagi birinchi xalqaro konferensiya DevOpsDays Tashkent 2025 bo‘lib o‘tadi. MDC Uzbekistan ham ushbu konferensiya hamkorlari qatoridan joy olgan. 🌍 Butun dunyoda DevOpsDays 15 yildan ortiq vaqtdan beri o‘tkazib kelinmoqda, endi esa O‘zbekistonda. Bu yerda mahalliy DevOps hamjamiyati paydo bo‘ladi va siz uning boshlanishiga qo‘shilishingiz mumkin. 🎤 Germaniya, Serbiya, Qozog‘iston, Armaniston va O‘zbekistondan kelgan ma’ruzachilar: - shaxsiy keyslar va muvaffaqiyatsizliklar, - haqiqatda ishlaydigan vositalar, - qo‘llanmalarda topilmaydigan maslahatlar 🛠 Mutaxassislar tomonidan tanlangan mavzular: CI/CD, ChatOps, muhandislik madaniyati, DevOps-da AI, jarayonlarni tashkil etish va avtomatlashtirish. 📍 24-may kuni Digital.uz (https://yandex.uz/maps/-/CHr7qZOh) da ko'rishguncha 🔗 Tafsilotlar va chiptalar: devopsdays.uz #DevOpsDays#DevOpsTashkent#DevOpsUzbekistan#DevOpsCommunity#Conference @mdcuzbekistan